Sevara Nazarkhon kutubxonamizga tashrif buyurdi.

2025-yil 11-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot kutubxona markaziga O‘zbekistonning mashhur estrada va folk-rok xonandasi, an’anaviy o‘zbek musiqasi ijrochisi, bastakor va O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Sevara Nazarxon tashrif buyurdi.

Sevara Nazarxon, o‘zining nafaqat musiqa san’ati, balki insonparvarlik, ta’lim va ilmga bo‘lgan katta e’tibori bilan ham tanilgan shaxs. 
Tashrif davomida xonanda kutubxonadagi kitoblar va ma’lumotlar bazasi bilan yaqindan tanishib, uning ilmiy va madaniy faoliyatlari haqida ma’lumot oldi. Shuningdek, xonanda kutubxona xodimlari va foydalanuvchilari bilan suhbatlashib, yaqin orada o`z farzandlari bilan axborot-kutubxona markazimizga yana tashrif buyurib, obuna bo`lishini aytib o`tdi. 

Tashrif davomida Sevara Nazarxon kutubxona va uning imkoniyatlari haqida o‘z fikrlarini bildirgan holda, yoshlarni ilm, san’at va ma’naviyatga qiziqtirishda kutubxonaning o`rni katta ekanini ta’kidladi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр