27/05/2024 - 11:34
2024-yil 27-may kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi va bibliografik sharx o'tkazildi. Ko'rgazmada bolalar adabiyotiga oid ertaklar, hikoyalar, qissalar va romanlardan iborat adabiyotlar joy olgan.
23/05/2024 - 16:21
2024-yil 23-may kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida bolalar va o'smir yoshlarni huquqiy savodxonligini oshirish, Bola huquqlarini himoya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlar to'plamidagi huquq va erkinliklari, imkoniyatlari hamda majburiyatlari haqida fikr, tushuncha va ko'nikmalar hosil qilish maqsadida "Kichik bolalar uchun katta huquqlar" nomli kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi.
21/05/2024 - 16:20
"Yo'l-yo'lakay o'qiymiz" loyihasi asosida Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Lashkarbegi mahallasi hududida yangi kelgan adabiyotlar targ'iboti o'tkazildi. 17/05/2024 - 16:18
15-17-may kunlari bo'lib o'tayotgan “CENTRAL – ASIA-2024. Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiyasida Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi ishtirok etmoqda. E'tiboringizga konferensiyadan foto-lavhalarni taqdim etamiz.
15/05/2024 - 16:15
O'zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri O'rinbosarining 2024-yil 3-maydagi № 06/1-596-son topshiriqqa muvofiq 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Oila mustahkamligi oyligi"ni o'tkazish yuzasidan Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan "Lashkarbegi" MFYda Xalqaro oila kuni va Halima Xudoyberdiyeva xotirasiga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi va bibliografik sharx o'tkazildi.
13/05/2024 - 16:13
Joriy yilning 10-may kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.Tadbirda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi O.G'.Bordovskiy, "Lashkarbegi" MFY faxriylar jamiyati raisi Z.M.Rasuliy, O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a'zosi G'.Bag'dasarova, "Danko" adabiy-ijodiy birlashmasi a'zolari hamda 211-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida rejissyor D.Isxaqov tomonidan suratga olingan "Urush bolalari" filmi namoyish etildi.
Ushbu kartinada O'zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi g'alabaga qo'shgan hissasi haqida hikoya qilinadi. Filmning asosiy mavzusi urush yillarida O'zbekistonga evakuatsiya qilingan bolalar taqdiri va ularning ko'pchiligi o'z vatanini shu yurtda topganligi.
Filmdan so'ng 211-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilari she'rlar o'qib, "Katyusha" qo'shig'ini kuylashdi.
"Danko" klubi a'zolari Ikkinchi jahon urushidagi qahramonlik, mardlik va vatanparvarlik mavzularidagi she'rlarni o'qib berdilar va Bulat Okudjava qo'shiqlari ijro etildi.
Bu tadbir yoshlar qalbida muhim tarixiy voqealar xotirasini saqlash uchun ajoyib voqea sifatida muhrlandi.
https://t.me/mirzo_ulugbek_takm/5715
10/05/2024 - 16:11
Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekistonning taniqli yozuvchisi — G‘afur G‘ulom tavalludiga bag'ishlangan “O‘LMAS ASARLAR IJODKORI G‘AFUR G‘ULOM”nomli kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi.
08/05/2024 - 16:10
9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida "Xotira bor ekan - tirikdir millat" nomli kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi.
Xotira - kechagi o'tmishni, ajdodlar o'gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi - muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.
Qadr - insonni yuksaklikka ko'taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga oliyjanoblik bag'ishlaydi.
08/05/2024 - 16:08
9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barkamol yetishib borayotgan kelajak avlodni Ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslik, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetish, vatanga sadoqat hissi bilan yashash, shuningdek, doimo ogoh va hushyor bo'lish, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 8-may kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumandagi 211-sonli umumta'lim maktabida "Xotira bor ekan - tirikdir millat" nomli kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi va o'quvchilar e'tiboriga taqdim etildi.
08/05/2024 - 16:05
Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 211-sonli umumta'lim maktabida “Moviy jamadon tashrifi” loyihasi tashkil etildi.
Loyiha doirasida o‘zbek va jaxon bolalar adabiyoti adiblari sara asarlari taqdimoti tashkil etilib, o'quvchilar e'tiboriga taqdim etildi.
