o‘z
RU
DE
Pyotr Pavlovich Ershov tavalludining 210 yilligi munosabati bilan kitob ko`rgazmasi tashkil etildi.
2025-yil 11-mart kuni Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida rus shoiri, nosir, dramaturg Pyotr Pavlovich Ershov tavalludining 210 yilligi munosabati bilan kitob ko`rgazmasi tashkil etildi.
Kitob ko'rgazmasida Ershovning turli asarlari, xususan, "Bukri toychoq"ning original nashrlari va uning tarjimalari, shuningdek, Pyotr Ershovning ijodiga oid ilmiy tadqiqotlar, biografik materiallar namoyish etildi.
Ko'rgazma, shuningdek, Ershovning hayoti va ijodini yoritadigan foto-rasmlar, eski nashrlar va qo‘lyozmalar bilan boyitildi.
Kitob ko`rgazmasiga tashrif buyurgan kitobxonlar va adabiyot ixlosmandlari Ershovning asarlaridan parchalar o`qib, uning hayoti va ijodini muhokama qildilar va o`zaro fikr almashdilar. Ershovning asarlari asosida interaktiv kitob muhokamalari o`tkazildi. Kitob ko`rgazmasiga bibliografik sharh berildi.