Malaka oshirish o`quv amaliyoti talabalarni “AKM faoliyati” bilan tanishuv suhbati tadbiri va zallar bo‘ylab ekskursiya bilan boshlandi.

Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida O`zbekiston Davlat Jahon tillari Universitetining Rus filologiyasi fakulteti 2-kurs talabalari malaka oshirish o`quv amaliyoti doirasida tashrif buyurdilar. Malaka oshirish o`quv amaliyoti talabalarni “AKM faoliyati” bilan tanishuv suhbati tadbiri va zallar bo‘ylab ekskursiya bilan boshlandi. 

O`quv amaliyoti davomida kutubxona mutaxassislari tomonidan talabalarga axborot-kutubxona markazining umumiy faoliyati, uning vazifalari, oquv va ilmiy resurslar, shuningdek, kutubxona tizimida talabalar va ilmiy jamoatchilik uchun mavjud bo`lgan imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumot berildi. 

Amaliyot davomida talabalarga nafaqat kutubxona faoliyatining nazariy jihatlari, balki amaliy ko`nikmalari ham taqdim etildi. Ularga axborot manbalarini qidirish va ishlatish, kutubxona xizmatlaridan samarali foydalanish, shuningdek, ilmiy ishlarni qollab-quvvatlashning turli usullarini o`rganish imkoniyati yaratildi. 

Amaliyot davomida talabalar kutubxona qoidalari bilan tanishib, kutubxonaga a`zo bo`ldilar.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр