o‘z
RU
DE
"Kitob – hayot yoʻlboshchisi" mavzusidagi kitob koʻrgazmasi.
"Kitob – hayot yoʻlboshchisi" mavzusidagi kitob koʻrgazmasi.
2025-yil 22-may kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida "Kitob hayot yoʻlboshchisi" mavzusida kitob koʻrgazmasi tashkil qilindi. Koʻrgazmaning asosiy maqsadi kitobxonlarda kitobga boʻlgan qiziqish va mehrni oshirish, ularni maʼnaviy boylik manbai bilan yaqinroq tanishtirishdan iborat.
Koʻrgazmada turli yoʻnalishdagi asarlar – badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy va bolalar adabiyotlari namoyish etildi. Ayniqsa, mashhur oʻzbek va jahon adiblarining asarlari alohida eʼtiborni tortadi. Koʻrgazma davomida kutubxona xodimlari tomonidan tanlangan kitoblarga bibliografik sharhlar berildi, ularning mazmuni va ahamiyati haqida maʼlumotlar taqdim etildi.
Kitobxonlar koʻrgazmaga qiziqish bilan yondashib, oʻzlarini jalb qilgan asarlar haqida fikr almashishdi. Ushbu kitob koʻrgazma kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.