21/12/2023 - 00:00
2023 yil 21-dekabr kuni 
Hamdo'stlik kutubxonalari ta'lim bo'yicha hamkorligi.
Toshkentdagi Rus uyida Rossotrudnichestvo tomonidan, 2023-yilda o‘tkazilayotgan turli dasturlar ishtirokchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Hamdoʻstlik kutubxonalarining taʼlim sohasidagi hamkorligi” loyihasida Alisher Navoiy kutubxonasi mutaxassislari, "Bilim" AKM mutaxassisi va Mirzo Ulug'bek tuman AKT xizmati xizmat rahbari tadbirda ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida loyihada ishtirok etish va hamkorlikni kengaytirish davrida olingan bilimlar bilan o‘rtoqlashdilar.
21/12/2023 - 00:00
2023 yil 21 dekabr kuni
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari, shoir va dramaturg Turob To'la tavalludining 105 - yilligi munosabati bilan shoir ijodiga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi tayyorladilar. Ko'rgazmada adibning asarlari va adib haqidagi ma'lumotlar o'rin olgan.
20/12/2023 - 00:00
2023 yil 20 dekabr kuni
Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Zamondosh” klubi a’zolari bilan “Yangi kitoblar” kitob ko‘rgazmasi taqdimoti hamda AKM bibliografik xizmati tomonidan tayyorlangan kitoblarning bibliografik sharhi bo‘lib o‘tdi. Ko'rgazmada mahalliy va xorijiy mualliflarning asarlari davlat va rus tillarida namoyish etildi.
16/12/2023 - 00:00
2023 16 dekabr kuni
Rus madaniyat markazida Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda “ZAMONAVIY DUNYODA OILA VA AYOL” deb nomlangan tadbir bo’ldi. Bu tadbir qizlar uchun maqsadli bo‘lib o'tdi. “Odob, iffat, vafo” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda zamonaviy dunyoda xotin-qizlarga xos bo‘lgan oila va ma’naviy qadriyatlar, sog‘lom turmush tarzi, axloqiy va estetik fazilatlarni asrab-avaylash masalalari targ'ib qilindi. Tadbirda oilaviy kitobxonlik oila mustahkamligini saqlashda muhim omil ekanligi qiziqarli faktlar asosida ko'rsatib berildi.

 
14/12/2023 - 00:00
2023-yil 14 dekabr kuni
Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun Rus madaniyat markazida jahonga mashhur qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan “Falsafiy roman ustasi” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada TAKM mutaxassislari yozuvchining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitob ko'rgazmasi hamda “Qiyomat” asariga tayyorlangan kitob-treylerini  namoyish etdilar. Muallif o‘z asarlarida kitobxonlar oldiga qo‘yayotgan muammolari, shuningdek  o‘z asarlarida inson qalbining murakkabligi va serqirraligini ochib berganligi, inson hayotidagi ma’naviy-axloqiy va axloqiy jihatlarga to‘xtalib o‘tganligi haqida so'z yuritdilar. Tadbirda adib ijodining o‘rni va ahamiyati haqida fikrlashildi.
10/12/2023 - 00:00
Mirzo Ulug'bek tumai axborot-kutubxona markazida, 10 dekabr g'ururimiz va faxrimiz bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan kitob-rasmli ko'rgazma tashkil etildi.
 
09/12/2023 - 00:00
2023 yil 9 dekabr kuni
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari O'zbekiston Davlat san'at va madaniyat institutining 4-bosqich talabalari uchun O'zbekiston Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan "O'zbekiston Konstitutsiyasi - hayotimiz bosh qomusi" nomli davra suhbati o'tkazdilar. Tadbirda talabalar konstitutsiyaga bag'ishlab tayyorlangan kitob ko'rgazmasi bilan tanishdilar. Ko'rgazmada yangi konstitutsiyamiz va konstitutsiya haqidagi qiziqarli ma'lumotlar o'rin olgan.

 
08/12/2023 - 00:00
О‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolarini Konstitutsiya kuni bilan tabriklaymiz! 
 
07/12/2023 - 00:00
2023 yil 7 dekabr kuni
Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 211-maktabda “O‘zbekiston Konstitutsiyasi – hayotimizning bosh qomusi” mavzusida sayyor tadbir bo‘lib o‘tdi. AKM mutaxassislari tomonidan konstitutsiya haqidagi kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Ko'rgazmada O‘zbekiston Konstitutsiyasining asosiy tushuncha va tamoyillari – Konstitutsiya nima va mamlakatimizning har bir fuqarosi qanday huquq va majburiyatlarga ega ekanligi, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan Yangi O‘zbekiston strategiyasi haqida ma’lumotlar joy oldi. Tadbir davomida o‘quvchilar TAKM mutaxassislari tomonidan tayyorlangan viktorina va blits-turnirda faol ishtirok etdilar. Tadbirda Konstitutsiya kuni munosabati bilan 211-maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan yorqin, bayramona konsert namoyish etildi.
06/12/2023 - 00:00
Konstitutsiya xalqimiz oliy irodasining qoununiy ifodasidir Respublika Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasida 1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan.
Shu kundan e’tiboran, O‘zbekistonda 8-dekabr umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinadi.
Konstitutsiya kuni munosabati bilan Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida Konstitutsiyaga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi tayyorlandi.
Ko'rgazmada yangi konstitutsiyamiz, konstitutsiya haqidagi adabiyotlar va muhim ma'lumotlar o'rin olgan.
 

Pages

Subscribe to Новости