28/12/2024 - 10:30
Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida 2024-yil 27-dekabr kuni “O‘zbekistonning Tarixiy Merosi: Kitoblar Sahifalarida" nomli yangi kitoblar ko`rgazmasi va ushbu mavzuga oid “Zamondosh” klubi a`zolari o`rtasida davra suhbati bo`lib o`tdi. Ko‘rgazma davomida kitobxonlarga O‘zbekistonning boy o`tmish tarixi va madaniy merosi haqida ma’lumot beruvchi yangi nashrlar taqdim etildi. Kitoblar sahifalarida O‘zbekistonning qadimiy va zamonaviy tarixidan hikoyalar, o`tmish voqealari, arxeologik yodgorliklar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti haqida yozilgan asarlar namoyish etildi.

Davra suhbatida “Zamondosh” klubi a’zolari O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosi, uning bugungi kunda qanday saqlanib qolishi, shuningdek, kelajak avlodlarga qanday yetkazilishi haqida fikr almashdilar. Tadbirda ishtirokchilar o‘zaro tajriba va bilimlarini bo‘lishib, O‘zbekistonning tarixiy sahifalarini o`rganish, yurtimiz kelajagini yanada porloq qilish uchun o`tmish tarixidan yahshi dars olib, xulosa chiqarish va rivojlantirish bo‘yicha yangi g‘oyalar bilan o‘rtoqlashdilar.
24/12/2024 - 10:05
2024-yil 23-dekabr kuni Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida  mavzusida kitob ko`rgazmasi va tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbir O‘zbekistonning adabiy merosini va ayol yozuvchilarning o‘zbek adabiyotidagi o‘rnini yoritishga bag`ishlanib, o‘zbek adabiyotida ayol yozuvchilarning qo‘lyozmalarini, ularning ijodiy faoliyatini va adabiyotga qo‘shgan hissasini o`sib kelayotgan yosh avlodga taqdim etdi. Kitobxonlar o‘zbek adabiyotida ayol yozuvchilarning o‘rni va ulardan ba’zilari haqida ma'ruzalar, muhokamalar va hujjatli materiallar bilan tanishtirildi. Shu jumladan, tadbirda o‘zbek adabiyotida o‘z izini qoldirgan ayol yozuvchilar, xususan, Uvaysiy, Nodirabegim, Zulfiya va shu kabi ijodkorlarning asarlaridan nusxalar taqdim etildi. Kitob ko`rgazmasiga sharh berildi.
20/12/2024 - 10:03
2024-yil 19-dekabr kuni Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida shoir, tarixchi va tarjimon “Ogahiy (Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li) tavalludining 215 yilligi” munosabati bilan kitob ko`rgazmasi va tadbir tashkil etildi. Bu tadbirda Ogahiyning adabiy merosi, uning ilmiy va madaniy sohalardagi hissasi haqida so‘z yuritildi. Tadbir davomida uning asarlari va faoliyatiga bag‘ishlangan kitoblar namoyish etildi, hamda ishtirokchilarga Ogahiyning hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar berildi. 

Shuningdek, Ogahiy asarlarining zamonaviy o‘quvchilar uchun ahamiyati ham muhokama qilindi. Adabiyotshunoslikni rivojlantirish, shoirning merosini yangi avlodga tanishtirish va ilm-fan sohasida uning yuksak o‘rni haqida xabardorlikni oshirishda ushbu tadbirning o`rni muhim ahamiyatga ega ekanligi ta`kidlab o`tildi .
19/12/2024 - 10:00
2024-yil 18-dekabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari va klub a'zolari, yosh kitobxonlar bilan birgalikda tashrif buyurishdi.
Ushbu uchrashuv davomida, O'zbekiston Davlat ilmiy tibbiyot kutubxonasining faoliyati haqida batafsil ma'lumot berildi, kitobxonlar kutubxona faoliyati bilan tanishib, ilmiy va tibbiy adabiyotlar haqida ma'lumot oldilar, kutubxonada mavjud resurslar va ilmiy ishlar haqida bahs-munozaralar o'tkazdilar.
Shuningdek, tadbirda Toshkentda ishlagan taniqli jarroh haqida ham so'zlab berildi. Uning kasbiy yutuqlari va tibbiyot sohasidagi katta hissasi haqida ma'lumotlar taqdim etildi.
Ushbu uchrashuv o'quvchilar uchun o'z kelajaklarini belgilashda, tibbiyot sohasida ishlashga qiziqish uyg'otishda juda muhim turtki bo`ldi.
19/12/2024 - 09:56
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi barcha kitobsevarlarni 2024-yil 18-dekabr kuni tashkil etilgan “Yangi kitoblar bilan tanishing” mavzusidagi kitoblar ko‘rgazmasiga taklif etadi. Sizni yangi, qiziqarli va foydali kitoblar bilan tanishishga chaqiramiz!
Ko'rgazma doirasida ilmiy, badiiy va adabiy mumtoz asarlar, shuningdek, yoshlar uchun mo'ljallangan kitoblar namoyish etilgan. Ushbu kitoblar sizni o`zingizni yangi dunyolar bilan tanishtirishga yordam beradi. Bu ajoyib imkoniyatdan foydalanib, yangi kitoblarni o‘qish va o‘zingizga kerakli asarlarni topish uchun kutubxonamizga tashrif buyuring.
14/12/2024 - 09:53
2024-yil 13-dekabr kuni Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan yosh kitobxonlar uchun "Oilamizdagi sevimli ertaklar" nomli ko`chma tadbir o`tkazildi. Tadbir 18-maktabda o`tkazilib, o`quvchilarga oilaviy ertaklar orqali o`qishning ahamiyatini tushuntirishga qaratildi. Yosh kitobxonlar o`zlarining sevimli ertaklari haqida suhbatlashib, ularning mazmuni va qahramonlari haqida gapirib berdilar.

Shuningdek, tadbir doirasida viktorina va kitob ko`rgazmasi tashkil etildi. Kitob ko‘rgazmasida ertaklar va turli xildagi bolalar adabiyoti taqdim etilib, kitoblarga sharh berildi.
O‘quvchilar o‘zlarining sevimli kitoblarini boshqalar bilan baham ko‘rish orqali o‘zaro tajriba almashdilar.
13/12/2024 - 09:50
Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida 2024-yil 12-dekabr kuni buyuk shoir va adib Hamid Olimjonning (asl ismi - Hamid Alimdjanovich Azimov; 1909 yil 12 dekabr - 1944 yil 3 iyul) tug'ilganiga 115 yil to'lishi munosabati bilan “Hamid Olimjon – dillarda mangu barhayot” nomli taqdimot tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari shoirning hayoti va ijodini yodga olib, uning adabiyotga qo'shgan katta hissasi haqida fikr almashdilar. Shuningdek, shoirning she'rlari, asarlari, va uning o'ziga xos uslubi, hamda uning xalqqa bo'lgan aloqasi va xalqning qalbida o'rnashgan o'rni haqida so'z yuritildi. Tadbir davomida Hamid Olimjonning ko'plab asarlaridan namunalar keltirilib, uning ijodining milliy madaniyatimizdagi o'rni muhokama qilindi. Kitob ko`rgazmasiga bibliografik sharh berildi.
 
 
11/12/2024 - 11:42
2024-yil 10-dekabr kuni Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston ramzlari” “10 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganiga 32 yil to‘lganligi” munosabati bilan kitob ko`rgazmasi va taqdimot o`tkazildi. Taqdimotda davlatimizning muhim ramzlaridan biri bo`lgan milliy madhiyamiz haqida ma`lumotlar berildi, hamda ko‘rgazma tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining yaratilish tarixi, mazmuni va ularning O‘zbekistonning mustaqil va erkin davlat sifatidagi o‘rnini anglatishdagi roli haqida ma'lumotlar taqdim etildi.
 
06/12/2024 - 11:37






2024-yil 6-dekabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida Mirzo Ulug'bek tuman AKM mutaxassislari va tumanimizning 50-maktab o'qituvchilari bilan hamkorlikda "Biz kitob o'qishni va qahramonlarni organishni yaxshi ko'ramiz" nomli yosh kitobxonlar uchun adabiy kecha o'tkazildi.


Tadbirda, fransuz yozuvchisi Antuan de Sent-Ekzyuperining hayoti va ijodi, shuningdek, uning eng mashhur asari bo'lgan "Kichkina shahzoda" kitobi haqida keng ma'lumot berildi.


Shuningdek, o'quvchilar uchun viktorina va qiziqarli interaktiv savol-javoblar o‘tkazilib, ular yozuvchining hayoti va asarlari haqida bilganlarini sinab ko‘rishdi.
Ushbu uchravuv yosh o'sib-ulg'ayib kelayotgan kitobxonlarda yana ham ko'proq kitob o'qishga, ilm olishga bo`lgan mehr-muhabbat va intilishlarini kuchaytirishda ulkan imkoniyat yaratib berdi.
 






06/12/2024 - 11:36






Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida 2024-yil 6-dekabr kuni “8 dekabr – O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – hayotimizning asosiy qomusi” shiori ostida kitob ko`rgazmasi va tadbir o`tkazildi.
Ko'rgazmada O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning tarixiy ahamiyati, asosiy tamoyillari va fuqarolarning huquqlari haqida ma'lumot beruvchi kitoblar, ilmiy-nazariy asarlar va boshqa adabiyotlar namoyish etildi. Tadbirda Konstitutsiyaning xalq hayotidagi o'rni, davlatning huquqiy asoslari va fuqarolarning erkinliklarini ta'minlashdagi roli haqida ham so'z yuritildi.
O`zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va halqimizning huquqiy ongini oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ahamiyati naqadar yuksak ekanligi ta`kidlab o`tildi.
 






Pages

Subscribe to Новости