“Zamondosh” adabiy klubi a’zolari bilan birga

 2026-yil 10-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida Mirzo Ulug‘bek AKM mutaxassislari hamda “Zamondosh” adabiy klubi a’zolari bilan birga, buyuk rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “U vaqt va makon ustidan g‘alaba qozondi” deb nomlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
 
 Tadbir jarayonida “Zamondosh” adabiy klubi a’zolari faol ishtirok etib, Pushkinning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berishdi, shoirning asarlaridan namunalarni o‘qib eshittirdilar, shuningdek, uning she’rlarini kuylash va o‘qish orqali tadbirga yanada fayz qo'shdilar.
 
 Shuningdek, Pushkinning adabiy merosi, yozuvchilik uslubi va uning zamonaviy adabiyotga ta’siri haqida ham fikrlar bildirildi.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр