О‘quv amaliyoti doirasida

 Joriy yilning 6-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida OʻzDJTUning “Rus filologiya” fakulteti 3-bosqich talabalari uchun navbatdagi o‘quv amaliyoti doirasida mashg‘ulot o'tkazildi.
 
 
 O‘quv amaliyoti davomida talabalar innovatsion texnologiyalar va sun’iy intellektdan o‘z yo‘nalishlari bo'yicha foydalanish imkoniyatlari bilan tanishdilar.
 
 Talabalar AKM fondi hamda raqamli manbalar orqali o‘z buktreylerlari uchun mos axborotlarni to‘pladilar, ssenariy va vizual g‘oyalar ustida ishladilar,  videoroliklarni suratga olish ishlarini boshladilar.
 
 Mazkur faoliyat talabalarining ijodiy fikrlashini kengaytirish, axborot bilan ishlash va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini mustahkamladi.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр