“Alisher Navoiy — gʻazal mulkining sultoni, mutafakkir va davlat arbobi ” mavzusida kitob ko‘rgazmasining bibliografik sharhi

 Joriy yilning 9-fevral kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Alisher Navoiy — gʻazal mulkining sultoni, mutafakkir va davlat arbobi ” mavzusida kitob ko‘rgazmasining bibliografik sharhi tashkil etildi.
 
 Bibliografik sharhda buyuk mutafakkir va mumtoz adabiyotning yirik namoyandasi Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, uning turkiy adabiyot taraqqiyoti, ma’naviyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini yorituvchi adabiyotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 
 
Shuningdek, Navoiy asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, adolat, ilm-ma’rifat, vatan va xalqga sadoqat g‘oyalari keng targ‘ib etilib, yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр