09/06/2024 - 12:26
Joriy yilning 6 iyun kuni Mirzo Ulugbek TAKM mutaxassislari she'riyatni sevuvchi yosh kitobxonlar bilan, poytaxtimizdagi Pushkin haykali joylashgan maydonda taniqli rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin tavalludining 225 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdilar.Tadbirda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi jamoalari hamda taniqli ijodkorlar, adabiyotshunoslar, san’atkorlar, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, aholi, shu jumladan bolalar va yoshlarda bag‘rikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyati his-tuyg‘usini mustahkamlash, buyuk shoir A.S.Pushkinning hayoti va ijodini, avlodlarga qoldirgan bebaho ma’naviy me’rosini o‘rganish, targ‘ib qilish orqali yoshlarni adabiyotga, tarixga, she’riyatga va kitobxonlikka qiziqishini oshirishdan iborat.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi S.Said Pushkin o‘z she’riyatida sharqona mavzuga alohida e’tibor berganini ta’kidlab, bu borada zamonaviy shoir va yozuvchilar Pushkin ijodiga xuddi yuz yillar oldin qanday hurmat bilan qaralgan bo‘lsa hozirda ham uning ijodi shunday hurmatga sazovorligi haqida takidlab o`tdi. So‘zga chiqqanlar yoshlarni umumbashariy ruhda tarbiyalashda, jamiyatda ahillik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda adabiyot muhim o‘rin tutishini ta’kidlashdi. Tadbir davomida Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi kitobxonlari Pushkin she'rlarini mahorat bilan o'qib berdilar. Tadbirning rasmiy qismi yakunida ishtirokchilar A.S.Pushkin haykali poyiga tantanali ravishda gullar qo‘yishdi.
07/06/2024 - 11:53
Joriy yilning 4-iyun kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi tumandagi "Barkamol avlod" bolalar maktabi bilan hamkorlikda bolajonlar uchun bayram, o'yin dasturini tashkil etdi."Barkamol avlod" bolalar maktabining har bir bo'limi mahorat darslarini tashkil etdi.
Har tomonlama rivojlangan yosh avlodni tarbiyalash, o'qishga bo'lgan muhabbatni jyanada oshirish maqsadida AKM mutaxassislari bolalarni kitob ko'rgazmasi bilan tanishtirdilar, qiziqarli viktorinalar o'tkazdilar, axborot-kutubxona foydalanuvchilarida bo'lishga va yozgi ta'tilda yanada qiziqarli va foydali bilimlar olishga chaqirdilar.
Bolalar viktorinalarda o'z bilimlari va zukkoliklarini namoyish etdilar. Eng bilimdon ishtirokchilarga sertifikatlar va esdalik sovg'alar topshirildi.
06/06/2024 - 11:49
Men Pushkinni ilhom bilan o‘qidim. Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida Aleksandr Sergeyevich Pushkin tavalludining 225 yilligiga bag‘ishlangan “Men Pushkinni ilhom bilan o‘qidim” deb nomlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.A. S. Pushkin ijodi noyobdir. Butun dunyoda Pushkinning ijodi adabiy san'atning eng yuqori ko'rinishi hisoblanadi.
Tadbirda “Danko” adabiy ijodiy klubi a’zolari, 211-sonli maktab o‘quvchilari va AKM foydalanuvchilari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Oleg Grigoryevich Brodovskiy, Danko LTO a’zolari A.S.Pushkinga bag‘ishlangan she’rlarini o‘qib berdilar.
211-sonli maktab o‘quvchilari shoirning she’rlari va “Yevgeniy Onegin” she’riy romanidan parchalarni yoddan o‘qib berdilar, shoirning ikki yuz yildan oshiqroq muqaddam yozgan satrlarini qalblarida titroq bilan talaffuz qilishga harakat qildilar.
Moskva davlat universitetining filologiya fakulteti talabasi Lomonosov David Jumanov tomonidan ijro etilgan A. S. Pushkin ijodiga bag‘ishlangan qo‘shiq o‘ziga xos feyerverk namoyishiga aylandi.
06/06/2024 - 11:45
“Orenburgdan Buxoroga sayohat: ikki asrning uchta qahramoni” loyihasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekistondagi "Россотрудничества" vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston rus madaniyat markazi vakillari bilan hamkorlikda “Orenburgdan Buxoroga sayohat: ikki asrning uchta qahramoni” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu loyiha Orenburg "Yevrosiyo" xayriya fondi tomonidan tashkil etildi. "Yevrosiyo" jamg‘armasi prezidenti Igor Xramov nemis tilidan tarjima qilingan Eduard Eversmanning kitobi va Yulian Semenovning 1958-yilda Orsk va Orenburg materiallarida yozgan,19-asr oʻrtalarida Orenburgdan Buxorogacha karvonlar bilan birga yurgan diplomat Ivan Vitkevich haqida hikoya qiluvchi “Diplomatik agent” hikoyasini taqdim etdi.Muallifning loyiha qahramonlari, ayniqsa, Buxoro amirligini Buxoroga aylantirishda faol ishtirok etgan diplomat Karim Hakimovga bag‘ishlangan “Bizning xalq” teleseriali mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Yevrosiyo hayriya fondi Orenburg viloyati Mintaqaviy va axborot siyosati vazirligi va Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident grantlari jamg‘armasi granti hisobidan qo‘llab-quvvatlanadi. Uchrashuvda “Danko” adabiy-ijodiy klubi a’zolari, 211-sonli maktab o‘quvchilari, AKM foydalanuvchilari ishtirok etdilar. Uchrashuv ishtirokchilari Igor Xramovni katta qiziqish bilan tingladilar, u ushbu loyiha qanday yaratilgani va amalga oshirilgan ishlar bilan o‘rtoqlashdi.
Taqdimot marosimi Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi fondiga kitoblarning tantanali topshirilishi bilan yakunlandi.
01/06/2024 - 11:38
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida "Kitobxon ona - kitobxon bola” dasturi doirasida hamda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil qilingan kitob ko'rgazmasiga bibliografik sharx o'tkazildi.Ko'rgazmada bolalar adabiyotiga oid ertaklar, hikoyalar, qissalar va romanlardan iborat adabiyotlar joy olgan.
27/05/2024 - 11:34
2024-yil 27-may kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi va bibliografik sharx o'tkazildi. Ko'rgazmada bolalar adabiyotiga oid ertaklar, hikoyalar, qissalar va romanlardan iborat adabiyotlar joy olgan.
23/05/2024 - 16:21
2024-yil 23-may kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida bolalar va o'smir yoshlarni huquqiy savodxonligini oshirish, Bola huquqlarini himoya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlar to'plamidagi huquq va erkinliklari, imkoniyatlari hamda majburiyatlari haqida fikr, tushuncha va ko'nikmalar hosil qilish maqsadida "Kichik bolalar uchun katta huquqlar" nomli kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi.
21/05/2024 - 16:20
"Yo'l-yo'lakay o'qiymiz" loyihasi asosida Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Lashkarbegi mahallasi hududida yangi kelgan adabiyotlar targ'iboti o'tkazildi. 17/05/2024 - 16:18
15-17-may kunlari bo'lib o'tayotgan “CENTRAL – ASIA-2024. Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiyasida Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi ishtirok etmoqda. E'tiboringizga konferensiyadan foto-lavhalarni taqdim etamiz.
15/05/2024 - 16:15
O'zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri O'rinbosarining 2024-yil 3-maydagi № 06/1-596-son topshiriqqa muvofiq 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Oila mustahkamligi oyligi"ni o'tkazish yuzasidan Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan "Lashkarbegi" MFYda Xalqaro oila kuni va Halima Xudoyberdiyeva xotirasiga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi va bibliografik sharx o'tkazildi.
