18/06/2025 - 13:33
"Adabiyotda jon topgan tarix" – ilm va ijod uygʻunligi
2025-yil 18-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan "Adabiyotda jon topgan tarix" mavzusida oʻtkazilgan davra suhbati mazmunan boy, ilmiy va maʼnaviy jihatdan nihoyatda ahamiyatli tadbirlardan biri boʻldi.
Tadbir davomida tarixiy voqealar va shaxsiyatlarning badiiy adabiyotda qanday talqin etilgani, yozuvchilarning tarixiy haqiqatni adabiy obrazlar orqali qanday yetkazgani haqida fikr almashildi. Ishtirokchilar oʻz mulohazalari orqali tarix va adabiyot oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik, ularning yosh avlodni tarbiyalashdagi o‘rni haqida to‘xtalib oʻtishdi.

Shuningdek, davra suhbatiga hamohang tarzda tashkil etilgan kitob koʻrgazmasi tadbirga alohida fayz bagʻishladi. Unda tarixiy mavzudagi badiiy asarlar, tarixiy romanlar, tarjimai hol asarlari va ilmiy-tarixiy adabiyotlar namoyish etildi. Bu ko‘rgazma ishtirokchilarga tariximizni adabiyot nigohi bilan yanada chuqurroq anglash imkonini berdi.
Ushbu tadbir yoshlar ongida tarixiy xotirani mustahkamlash, o‘zlikni anglash va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
17/06/2025 - 12:29
2025-yilning 17-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida "Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola" mavzusida kitob koʻrgazmasi tashkil etildi. Mazkur kitob koʻrgazma oila institutining ma’naviy-ma’rifiy asoslarini mustahkamlash, ayniqsa, onaning farzand tarbiyasidagi o‘rni va ta’sirini kitobxonlik orqali namoyon etishga xizmat qiladi. Ko‘rgazmada bolalar adabiyoti, tarbiyaviy asarlar, zamonaviy pedagogika va psixologiya yo‘nalishidagi kitoblar, shuningdek, oila va bolalar tarbiyasiga bag‘ishlangan klassik hamda zamonaviy adiblarning asarlari namoyish etildi. Tashrif buyurganlar uchun ona va bola o‘rtasidagi kitob orqali shakllanadigan mehr-muhabbat, tafakkur va ma’naviyat bogʻliqligi bo‘yicha chuqur fikrlar uyg‘otildi.

Kutubxonamizga tashrif buyurgan onalarga o‘z farzandlari bilan birgalikda mutolaa madaniyatini shakllantirish, oilaviy o‘qish an’analarini rivojlantirish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi. Bu kabi ko‘rgazmalar aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, yosh avlodni ma’rifatli va kitobsevar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu kitob koʻrgazmaga qiziqgan barcha kitobsevarlarni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazimizda kutib qolamiz.
17/06/2025 - 11:59
Ayollar va ta'lim: Bilimli ayol taraqqiyot kafolati.
2025-yil 13-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Ayollar va taʼlim: Bilimli ayol taraqqiyot kafolati” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda jamiyatda ayollarning bilim va taʼlim orqali tutgan oʻrni, ularning rivojlanishdagi roli muhokama qilindi.Davra suhbatida Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi D.U. Sufiyeva ishtirok etib, o‘zlarining boy tajribalari, huquqiy bilimlari hamda ta’limdagi yutuqlari bilan o‘rtoqlashdilar. Ular tomonidan ilgari surilgan fikrlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi hamda davrada jonli va samarali muloqot muhitini yaratdi.

Tadbir doirasida tashkil etilgan kitob koʻrgazmasi esa ayollar hayoti, huquqlari, taʼlimdagi ishtiroki va yetakchilik mavzulariga oid adabiyotlarni oʻz ichiga olgan boʻlib, qatnashchilarga mazmunli maʼlumotlar taqdim etdi. Bunday uchrashuvlar ayollarning bilimga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, ularni ragʻbatlantirish va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.
16/06/2025 - 12:27
“Tanishing, Yangi adabiyotlar”
2025-yil 16-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Tanishing, Yangi adabiyotlar” mavzusida kitob koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazmaning asosiy maqsadi – kitobxonlar e’tiborini yangi chop etilgan adabiyotlarga jalb etish hamda ularning mutolaaga boʻlgan qiziqishini oshirishdan iborat. Ko‘rgazmada zamonaviy psixologiya yo‘nalishidagi asarlar, bolalar uchun moʻljallangan adabiyotlar, kitobxon ona va bola uchun maxsus adabiyotlar shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ilmiy xodimlari tomonidan yozilgan va sovgʻa qilingan qimmatli kitoblar namoyish etilgan.

Mazkur ko‘rgazma nafaqat kitobxonlar, balki yosh tadqiqotchilar va tarixga qiziquvchi keng jamoatchilik uchun ham muhim manba boʻlib xizmat qiladi. Koʻrgazma orqali kitobxonlar yangi adabiyotlar bilan tanishishi, o‘zlari uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Ushbu koʻrgazmaga qiziqgan barcha kitobsevarlarni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazimizda kutib qolamiz.
13/06/2025 - 12:06
2025-yil 13-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 187-sonli umumta'lim maktabida tashkil etilgan yozgi oromgohda, "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Ta'tilni kitob bilan" nomli ko`chma kutubxona tadbirini oʻtkazdilar. Ko‘chma kutubxona orqali bolalar turli janrdagi, badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tadbir doirasida tashkil etilgan kitob koʻrgazmasi o‘quvchilarda kitobxonlikka boʻlgan qiziqishni yanada oshirdi. Shuningdek, viktorina oʻyinlari orqali bolalarning bilim darajasi sinovdan o‘tkazilib, faol qatnashgan ishtirokchilarga rag‘batlantiruvchi sovg‘alar topshirildi.

Bunday tadbirlar yosh avlodda kitobga muhabbat uyg‘otish, bilim olishga boʻlgan ishtiyoqni oshirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga xizmat qiladi.
12/06/2025 - 11:57
Joriy yilning 12 - iyun kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Barkamol avlod” bolalar maktabida ko'chma kutubxona tashkil etildi. Bolalar va ularning ota-onalari mutaxassislar taqdim etgan kitoblarni katta qiziqish bilan tomosha qildilar va axborot-kutubxonaga a'zo bo'ldilar. A'zo bo'lish orqali o'zlariga ma'qul bo'lgan adabiyotlarni tanlab, o'qish uchun oldilar. 
Taqdimotdagi kitoblar: dunyo xalqlarining ertaklari, maktab o'quv dasturi uchun adabiyotlar, bolalar ensiklopediyalari va albatta badiiy adabiyotlardan tashkil topgan. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad kitob va kitobxonlikka bo'lgan e'tiborni kuchaytirish. Yoshlar va  bolajonlarni yozgi ta’tilda o'z vaqtlarini besamar o'tkazmay, bilim olishlari uchun o'tkazildi.
11/06/2025 - 11:52
Said Ahmad tavalludining 105 yilligiga bagʻishlangan "Said Ahmad - qalblar yozuvchisi" nomli kitob koʻrgazmasi – maʼnaviy merosga hurmat ifodasi.
2025-yil 11-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida atoqli yozuvchi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad tavalludining 105 yilligiga bagʻishlab kitob koʻrgazmasi tashkil etildi. Mazkur koʻrgazma yozuvchining boy ijodiy merosini keng jamoatchilikka yetkazish, yosh avlodni adabiyotga mehr uygʻotish maqsadida tashkil qilindi. Koʻrgazmada Said Ahmadning eng sara asarlari – “Jimjitlik”, “Ufq”, “Yoʻqotganlarim va topganlarim”, “Qorakoʻz Majnun” kabi asarlar hamda yozuvchining tarjimai holi va faoliyatiga oid adabiy-badiiy manbalar namoyish etildi. Shuningdek, yozuvchining hayoti va ijodiy yoʻliga bagʻishlangan fotostendlar, iqtiboslar va esdaliklar koʻrgazmaga alohida ruh bagʻishladi.

Koʻrgazma orqali yana bir bor maʼlum boʻldiki, Said Ahmad ijodi oʻzbek adabiyotining eng yorqin sahifalaridan biri boʻlib, u bugungi kunda ham dolzarb va qadrli hisoblanadi.
10/06/2025 - 14:01
2025-yil 10-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida "Kutubxonada bir kun" nomli ekskursiya tashkil etildi. Ushbu tadbirda Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti sirtqi boʻlimining talabalari ishtirok etishdi.
Ekskursiyaning asosiy maqsadi – yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularni axborot resurslari bilan yaqindan tanishtirish va kutubxona faoliyatining zamonaviy yoʻnalishlari haqida tushuncha berishdan iborat boʻldi. Talabalar kutubxona bo‘limlarini kezib chiqib, bu yerda mavjud adabiyotlar, elektron axborot tizimi, hamda kitob fondi bilan yaqindan tanishdilar.
Ekskursiya davomida kutubxona xodimlari tomonidan interaktiv suhbatlar, kitob koʻrgazmalari va kutubxona xizmatlari haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, kutubxonadagi imkoniyatlardan foydalanish tartibi bilan tanishdilar.

Mazkur ekskursiya talabalarda katta taassurot qoldirdi. Ular kutubxona nafaqat ilm o‘chog‘i, balki ijodiy fikr va tafakkur markazi ekanini yana bir bor his etdilar. Bu kabi tashriflar yoshlarni kitobga, bilimga va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
05/06/2025 - 14:35
 2025-yil 5-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan ekologik savodxonlikni oshirish, aholining atrof-muhit muhofazasiga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirish maqsadida “Atrof-muhit – bizning boyligimiz” mavzusida davra suhbati va kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Tadbirda San'at va madaniyat instituti sirtqi boʻlim 4-bosqich talabalari ishtirok etdilar. Tadbir davomida atrof-muhitni asrash, yashil muhitni kengaytirish, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish va suv-resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarga ekologik muammolarning global va mahalliy darajadagi salbiy oqibatlari haqida ma’lumotlar berildi.

Ko‘rgazmada esa tabiat, ekologiya, barqaror rivojlanish mavzulariga bag‘ishlangan kitoblar namoyish etildi. Bu esa kitobxonlarda ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.
Tadbir barcha ishtirokchilar uchun foydali bo‘lib, ekologik ong va mas’uliyatni shakllantirishga muhim hissa qo‘shdi. “Atrof-muhit – bizning boyligimiz” degan fikr bugungi kunda nafaqat shior, balki har bir inson hayotiy tamoyiliga aylanishi zarurligi yana bir bor takidlandi.
04/06/2025 - 15:40
2025-yil 4-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Farovon oila sari” shiori ostida “Oila – muqaddas qadriyatlar maskani” nomli tadbir o'tkazildi.
Tadbir Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viktorina oʻyinlari va kitob koʻrgazmasi tashkil qilindi. Tadbir ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

Oila, ma’naviyat, an’ana va qadriyatlar mavzusida savol-javoblar tashkil qilinib, bolalar bilimlarini mustahkamlash bilan birga, yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Kitob koʻrgazmasida esa oilaga oid eng sara adabiyotlar namoyish etilib, ishtirokchilarga badiiy hamda ma’rifiy kitoblar targ‘ib qilindi. Tadbir ko‘tarinki ruhda oʻtkazilib, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yosh avlod qalbida oila muqaddasligi va unga boʻlgan hurmatni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Bunday tadbirlar yoshlarda kitobxonlik madaniyatini oshirish bilan birga, ularni barkamol va maʼrifatli shaxs boʻlib voyaga yetishida muhim o‘rin tutadi.

Pages

Subscribe to Новости