#ekskursiya, Joriy yilning 3-aprel kuni Rossiyadan tashrif buyurgan xorijiy mehmon Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 3-aprel kuni Rossiyadan tashrif buyurgan xorijiy mehmon Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi.

Mutaxassislar tomonidan chet el mehmoni uchun kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida mehmon kutubxonaning nemis va o‘quv zallari bilan yaqindan tanishdi.

Shu bilan birga, mehmon kutubxona fondida mavjud badiiy, ilmiy hamda ma’naviy-ma’rifiy nashrlar, zamonaviy axborot-resurslari va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot oldi.

Tashrif davomida mehmon kutubxona faoliyati, uning asosiy yo‘nalishlari hamda foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan tanishib, o‘zida ijobiy taassurot qoldirdi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр