27/02/2024 - 11:44
2024-yil 27-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bolinmasi bilan birgalikda “Kitob mening dostim” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.Tadbirda “Kitob va kitob mutolaasining inson hayotidagi muhim o'rni” haqidagi taqdimot bo'lib o'tdi. Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi bosh mutaxassisi F.M. Hurramov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining kitob va kitob mutolaasiga qaratayotgan e'tibori va farmoyishlari haqida ishtirokchilarga ma'lumot berdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar “Kitob mening do'stim” mavzusidagi kitob ko`rgazmasi bilan tanishdilar.
27/02/2024 - 11:41
2024-yil 26-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida O‘zMU 2-kurs talabalari uchun “Axborot-kutubxona markazi foydalanuvchilari bilan ishlashning innovatsion shakllari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.Seminarda AKM mutaxassislari kitobxonlar bilan ommaviy ish olib borishda eng ko‘p qo‘llaniladigan buktreyler, buktyuber va taqdimotlar haqida so‘zlab berishdi. Seminar yakunida talabalar kutubxona faoliyati bilan tanishdilar.
23/02/2024 - 00:00
Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida 20 fevral kuni “Avlodlarga yetgan hikmat saboqlari” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanat arbobi, Alisher Navoiy nomidagi teatr postanovkachi-rejissyori Andrey Slonim, О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi – Oleg Bordovskiy, Lyudmila Polonskaya, 211, 250-sonli maktab o‘quvchilari va “Danko” klubi faollari ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad: yosh avlodga doimo o‘z kuchi va aqliga tayanish, haqiqatni gapirish, nodon bo‘lmaslik, o'z kelajagi haqida o‘ylash zarurligini yetkazishdan iborat boldi.
Tadbir yakunida faol ishtirokchi va oquvchilarga tashakkurnoma va faxriy yorliqlar topshirildi.
22/02/2024 - 00:00
Inson huquqlari davlat himoyasidaJoriy yilning 19 fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Lashkarbegi” mahalla fuqarolari uchun “Inson huquqlari davlat himoyasida” mavzuida sayyor tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida huquqiy kitoblarga bibliografik sharh o‘tkazildi.
Kitob ko‘rgazmasida huquqiy mavzudagi, inson huquqlarining dolzarb muammolarini yoritgan kitob va jurnallar namoyish etildi.
22/02/2024 - 00:00
Mirzo Ulug’bek tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Mirzo Ulug’bek tumanidagi maktab kutubxonalari faoliyatini o'rganish.2024-yil 20-fevral kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Mirzo Ulug’bek tumanidagi maktab kutubxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, mutaxassislarga metodik tavsiyalar berildi
21/02/2024 - 15:09
2024-yil 19-fevral kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Mirzo Ulug’bek tumanidagi maktab kutubxonalari faoliyatini o'rganish maqsadida 18,50,64,71,99,171,187,211-sonli maktab kutubxonalariga tashrif buyurdilar.Kutubxonalar faoliyati hamda, kitobxonlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib mutaxassislarga metodik tavsiyalar berildi.
15/02/2024 - 14:14
Mirzo Ulugbek tuman axborot-kutubxona markazining “Nemis o'quv zali”da nemis shoiri va dramaturgi “G‘. E. Lessing – shoir va dramaturg”nomli kitob ko'rgazmasi tayyorlandi. Axborot-bibliografik xizmati kitobxonlarga nemis adabiyotining oltin davri ijodkori ijodiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasining bibliografik sharhini o'tkazdilar. Nemis shoiri va dramaturgi ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada G. E. Lessing hayoti va ijodini yoritgan kitoblar, shuningdek, uning asarlari joy olgan. 13/02/2024 - 14:59
Joriy yilning 10-fevral kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 211-maktabda yuqori sinf o'quvchilari bilan g'azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag'ishlangan “Navoiy yodi – ila yashaymiz mudom” nomli tadbir o'tkazdilar.
AKM mutaxassislari tomonidan kitoblar ko'rgazmasi namoyish etildi. Ko'rgazmadan Alisher Navoiy ijodiga oid asarlar, dostonlar, g'azallar, ruboiylar va boshqa shoir va adiblar tomonidan Navoiyga atab yozilgan asarlar singari adabiyotlar joy olgan.
13/02/2024 - 14:57
Oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga, yirik davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda tug'ilgan. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan mustahkam oʻrin oldi.
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541yilligiga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Ushbu ko'rgazmada shoirning asarlari, dostonlari, g'azallari va ruboiylari hamda shoir haqida yozilgan asarlar o'rin olgan.
09/02/2024 - 17:21
2024 yil 9 fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi A.Navoiy tavalludiga bag‘ishlab “Navoiy yodi – ila yashaymiz mudom” nomli adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, shoira, jurnalist Abdusamatova Muqaddas Salixovna, “Lashqarbegi” MFY faxriylar kengashi raisi Rasuli Zulfiya Masharipovna, faol kitobxon onalar va 211-maktab o‘quvchilari qatnashdilar. Tadbirni TAKM mutaxassislari Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag`ishlangan qiziqarli video lavha bilan ochib berdilar.
Tadbir davomida Muqaddas Salixovna Navoiy haqidagi qiziqarli, o`quvchilar uchu yangilik bo`lgan ma`lumotlar bilan o`rtoqlashdilar. O`quvchilar o`zlari tayyorlab kelgan monolog, g`azal va ruboiylarini aytib berdilar. Tadbir davomida “Lashkarbegi” MFY faxriylar kengashi raisi Zulfiya Masharipovna,so`zga chiqib, kitob o`qish va kitob bilan do`stlashish, kutubxonalarga doimiy kelish har bir inson hayotida muhim o`rin egallashi kerakligini tadbir ishtirokchilariga tushuntirdilar.
Tadbir yakunida barcha mehmon va tadbirning faol ishtirokchilari tashakkurnoma, faxriy yorliq va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.
Pages
