“Saida Zunnunova — Ayol qalbining nozik kuychisi” nomli kitob ko‘rgazmasi

 

2026 yil 16-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida o‘zbek she’riyatining nozik va samimiy ovozi, shoira Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Saida Zunnunova — Ayol qalbining nozik kuychisi” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
 
Ko‘rgazmada adibaning hayoti va ijodiga oid asarlar, she’riy to‘plamlar hamda u haqidagi adabiyotlar namoyish etildi. Mazkur ko‘rgazma buyuk ijodkorning boy adabiy merosini keng targ‘ib etish, yoshlar qalbida kitobga mehr va milliy adabiyotimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.                                                                                                                                                               
Источник: 
Информационно- библиотечный центр