“Ayollar huquqi – taraqqiyot asosi” mavzusida davra suhbati kitob ko‘rgazmasining bibliografik sharhi

 2026-yil 19-fevral kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Ayollar huquqi – taraqqiyot asosi” mavzusida davra suhbati kitob ko‘rgazmasining bibliografik sharh o‘tkazildi.
 
 Bibliografik sharh davomida ayollar huquqlarining ta’minlanishi jamiyat taraqqiyotining muhim mezoni ekani alohida ta’kidlandi. Ayollarga yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar nafaqat ularning, balki butun jamiyat salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishi haqida atroflicha fikr almashildi.
 
 Kitob ko‘rgazmasining bibliografik sharhi jarayonida ayollar huquqlariga oid qonunchilik hujjatlari, davlat dasturlari, xalqaro hamkorlik masalalari hamda gender tengligiga bag‘ishlangan adabiyotlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar tavsiya etilgan manbalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр