o‘z
RU
DE
O‘quv amaliyoti davomida
2026-yil 19-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston Davlat san’at va Madaniyat institutining “Kutubxona-axborot faoliyati” fakulteti 4-bosqich talabalari malaka oshirish o‘quv amaliyotini davom ettirdilar.

Talabalar “Nemis tili o‘quv zali” ish jarayonlarini chuqurroq o‘rganishdi, mavjud adabiyotlar, o‘quv resurslari va foydalanuvchilarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, talabalarga zalning ish jarayonlari va kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish tartibi bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
Источник:
Информационно- библиотечный центр
