Аmaliyotning so‘nggi kunini

2026-yil 13-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek 
TAKMda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining “Rus filologiya” fakulteti 3-bosqich talabalari amaliyotning so‘nggi kunini yakunlab, o‘zlarining orttirgan bilim va ko‘nikmalarini yana bir bor namoyon etdilar.
 
Amaliyot davomida talabalar axborot-kutubxona faoliyati, kitob fondi bilan ishlash, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish jarayonlarida faol ishtirok etdilar. Ular nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, kasbiy tajribalarini boyitdilar.
 
Yakunda talabalar markaz jamoasiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, ustoz va mutaxassislarning qimmatli tavsiyalari kelgusi faoliyatlari uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. Ushbu amaliyot nafaqat kasbiy mahoratni oshirish, balki mas’uliyat, jamoa bilan ishlash va muloqot madaniyatini shakllantirishda ham muhim bosqich bo‘ldi.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр