“Jadidlar – millatga nur sochganlar” nomli kitob ko‘rgazmasi

Joriy yilning 23-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman AKM mutaxassislari tomonidan “Jadidlar – millatga nur sochganlar” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazma jadid ma’rifatparvarlarining boy ilmiy va adabiy merosini keng kitobxonlar ommasiga targ‘ib qilishga qaratildi.
 
Ko‘rgazma jadidchilik harakatining yirik namoyandalari – Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon kabi fidoyi ziyolilarning asarlari hamda ular haqidagi adabiyotlar o‘rin olgan. Ularning ma’rifat, ta’lim-tarbiya, milliy uyg‘onish va taraqqiyot yo‘lidagi xizmatlari aks etgan manbalar  havola qildi.
 
Ushbu kitob ko‘rgazmasi ma’naviy merosimizni keng targ‘ib etish hamda yosh avlod qalbida vatanparvarlik va ma’rifatparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр