13/05/2024 - 16:13
Joriy yilning 10-may kuni Mirzo Ulug'bek  tuman axborot-kutubxona markazida Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
 
Tadbirda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi O.G'.Bordovskiy, "Lashkarbegi" MFY  faxriylar jamiyati raisi Z.M.Rasuliy, O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a'zosi G'.Bag'dasarova, "Danko" adabiy-ijodiy birlashmasi a'zolari hamda 211-sonli  umumta'lim maktabi o'quvchilari ishtirok etdilar.
 
Tadbir davomida rejissyor D.Isxaqov tomonidan suratga olingan "Urush bolalari" filmi namoyish etildi.
 
Ushbu kartinada O'zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi g'alabaga qo'shgan hissasi haqida hikoya qilinadi. Filmning asosiy mavzusi urush yillarida O'zbekistonga evakuatsiya qilingan bolalar taqdiri va ularning ko'pchiligi o'z vatanini shu yurtda topganligi.
 
Filmdan so'ng   211-sonli  umumta'lim maktabi o'quvchilari she'rlar o'qib, "Katyusha" qo'shig'ini kuylashdi.
 
"Danko" klubi a'zolari Ikkinchi jahon urushidagi qahramonlik, mardlik va vatanparvarlik mavzularidagi she'rlarni o'qib berdilar va   Bulat Okudjava qo'shiqlari ijro etildi.
 
Bu tadbir yoshlar qalbida muhim tarixiy  voqealar xotirasini saqlash uchun ajoyib voqea sifatida muhrlandi.
 
https://t.me/mirzo_ulugbek_takm/5715
10/05/2024 - 16:11

Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekistonning taniqli yozuvchisi — G‘afur G‘ulom tavalludiga bag'ishlangan “O‘LMAS ASARLAR IJODKORI G‘AFUR G‘ULOM”nomli kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi.
08/05/2024 - 16:10

9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida "Xotira bor ekan - tirikdir millat" nomli kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi.
 
Xotira - kechagi o'tmishni, ajdodlar o'gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi - muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.
 
Qadr - insonni yuksaklikka ko'taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga oliyjanoblik bag'ishlaydi.
08/05/2024 - 16:08

9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barkamol yetishib borayotgan kelajak avlodni Ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslik, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetish, vatanga sadoqat hissi bilan yashash, shuningdek, doimo ogoh va hushyor bo'lish, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.
 
Joriy yilning 8-may kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumandagi 211-sonli umumta'lim maktabida "Xotira bor ekan - tirikdir millat" nomli kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi va o'quvchilar e'tiboriga taqdim etildi.

 
08/05/2024 - 16:05

Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 211-sonli umumta'lim maktabida “Moviy jamadon tashrifi” loyihasi tashkil etildi.
 
Loyiha doirasida o‘zbek va jaxon bolalar adabiyoti adiblari sara asarlari taqdimoti tashkil etilib, o'quvchilar e'tiboriga taqdim etildi.
07/05/2024 - 16:03

Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida "Kitobxon ona - kitobxon bola” dasturi doirasida kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi va bibliografik sharh o'tkazildi.
 
Ko‘rgazmada oilaviy o'qish uchun  kitoblar: ertaklar, sarguzashtlar, bolalar uchun o‘quv adabiyotlari hamda bolalar va ularning ota-onalari uchun foydali bo'lgan adabiyotlar namoyish etildi.
 
Taqdimotning maqsadi - oilaviy kitobxonlikni yanada kuchaytirish va kitobxonlikka jalb etish.
06/05/2024 - 16:00

Joriy yilning 6-may kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qaipbergenov tavalludining 95 yilligiga bag'ishlangan “Qoraqalpoq qomusi” nomli kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi va kitob ko'rgazmasining bibliografik sharhi o'tkazildi.
04/05/2024 - 15:59

Joriy yilning 29 apreldan 3 mayga qadar Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "Axborot-kutubxona faoliyatini boshqaruv asoslari" bo'yicha 40 soatlik o'quv kursida o'qib, malaka oshirdilar. Darslarni yuqori tajribali va malakali ustozlar olib bordilar.
Ushbu o'quv darslarida:
- Kasaba uyushmasi nima? Uning prinsiplari va vazifalari;
- Mehnat sohasiga oid asosiy qonunchilik;
- Mehnat intizomi;
- Xodimlarni ishga qabul qilish to'g'risidagi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi;
- Mehnatni muhofaza qilish kabi darslari yuqori saviyada o'tkazildi.


O'quv kursi yakunida o'tilgan darslar yuzasidan test savollariga javob berib, "Sertifikat" oldilar.
02/05/2024 - 15:55

Joriy yilning 2-may kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov tavalludining 95 yilligiga bag'ishlangan  “Hayot, senga oshiqman” nomli  kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi. Ko'rgazmada shoir ijodiga mansub bo'lgan she'rlar, asarlar va tarjimalardan iborat adabiyotlar o'rin olgan.
28/04/2024 - 15:53

2024-yil 26-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Kitobxonlik haftaligi-2024" doirasida "Mantiqiy xato" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.  
Taqdimotda Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ishtirok etdilar.

Pages

Subscribe to Новости