“Milliy meros – bebaho xazina” nomli badiiy-musiqali kecha

Joriy yilning 13-mart kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Milliy meros – bebaho xazina” nomli badiiy-musiqali kecha yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va milliy an’analarga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
 
 
Tadbir davomida 142-sonli umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchilari o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari, milliy raqslari hamda mazmunli she’riy chiqishlari bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. O‘quvchilarning ijodiy chiqishlari milliy merosimizning boyligi va qadriyatlarimizning bebaho ekanini yana bir bor namoyon etdi.
 
Badiiy-musiqali kecha davomida milliy urf-odatlar, an’ana va qadriyatlarimiz haqida ham so‘z yuritilib, yoshlarni ushbu boy merosni asrab-avaylashga undovchi fikrlar bildirildi. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр