“Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola” mavzusida kitob koʻrgazmasi va bibliografik sharh tashkil etildi.

Joriy yilning 11-fevral kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola” mavzusida kitob koʻrgazmasi va bibliografik sharh tashkil etildi.
 
 Koʻrgazmada oilada mutolaa muhitini shakllantirish, onaning farzand tarbiyasidagi oʻrni hamda bolalarda kitobga mehr uygʻotish masalalariga oid adabiyotlar namoyish etildi.
 
 Bibliografik sharh davomida taqdim etilgan kitoblarning mazmuni va ularning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida qisqacha maʼlumotlar berildi.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр