Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazida "Mahmudxoʻja Behbudiy 150 yoshda" nomli tanlovning taqdirlash marosimi bo'lib oʻtdi.

Mahmudxoʻja Behbudiy 150 yoshda! 

2025-yil 26-iyun kuni Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazida "Mahmudxoʻja Behbudiy 150 yoshda" nomli tanlovning taqdirlash marosimi bo'lib oʻtdi. 

Unda barcha tuman axborot-kutubxona markazi axborot-texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati rahbarlari oʻzlari tayyorlagan videoroliklar bilan ishtirok etishdi. 

Tadbirda Oʻzbekiston Milliy kutubxonasidan tashrif buyurgan taniqli yozuvchi Javlon Jovliyev, AOKA Toshkent shahar boshqarmasi bosh mutaxassisi Bekzod Mahmudov, Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazi direktori X. Karimova, direktor oʻrinbosari S. Xudoyberdiyeva hamda Fondlarni jamlash xizmati rahbari G. Xadjayeva hakam boʻldi. 

Munosiblar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. 

Demak, 
1-oʻrin Xasanboyeva Shoira
2-oʻrin Taganmuratova Dinara
3-oʻrin Artikova Nilufar

https://t.me/mirzo_ulugbek_takm/6818 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр