o‘z
RU
DE
“O‘zbekiston – yosh kitobxonlar mamlakati” kitob ko‘rgazma
2024-yil 12-sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida ishtirok etdi. AKM mutaxassislari tomonidan “O‘zbekiston – yosh kitobxonlar mamlakati” kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Kun davomida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi turli maktab o‘quvchilari kitob ko‘rgazmasida namoyish etilgan turli kitob nashrlari bilan tanishdilar. Mutaxassislar kutubxonaga tashrif buyurishni taklif qilishib, AKM faoliyati haqida ma’lumot berishdi.
Источник:
Информационно- библиотечный центр