o‘z
RU
DE
“8 dekabr - O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun”
2024-yil 4-dekabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “8 dekabr - O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan 211-maktabda “Konstitutsiya – mening huquqlarim qo‘riqchisi” nomli ko‘chma tadbir o‘tkazildi.
O‘quvchilarga Konstitutsiyaning ahamiyati, uning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi roli tushuntirildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarni O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, huquqlari, va davlat tizimining asoslari bilan yaqindan tanishtirib, ularga Konstitutsiyaga rioya qilishning zarurligi va uning har bir fuqaro uchun qanchalik muhimligi haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, ko‘chma tadbirda o‘quvchilar bilan interaktiv usullar orqali savol-javoblar, suhbatlar va viktorinalar tashkil etildi. Topqirlik bilan faol ishtirok etgan o'quvchilarga sovg'alar topshirildi.

Источник:
Информационно- библиотечный центр