“Mutolaa” loyihasi doirasida davra suhbati

2024-yil 29-noyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi mutaxassislari tashrif buyurib, “Mutolaa” loyihasi doirasida davra suhbati o‘tkazdilar.
Ushbu uchrashuvda mutaxassislar yoshlar o‘rtasida "Mutolaa" loyihasi platformasini keng yoyish, kitob o‘qishning ahamiyatini oshirish, bilim olish va intellektual salohiyatni kuchaytirish kabi masalalarni muhokama qildilar.
Jumladan, "Mutolaa" loyihasi platformasi, kitobxonlarga kitoblarni raqamli formatda audio va video variantlarini taqdim etishini aytib otdilar va bu esa o'z o'rnida o‘quvchilarga o‘qish, eshitish va ko‘rish orqali bilim olish imkoniyatlarini keng yaratib berishini ta`kidladilar.
 
Источник: 
Информационно- библиотечный центр