o‘z
RU
DE
Millatning o‘zgarmas izlari: Islom Karimov Xotirasi
2025-yil 30-yanvar kuni Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida O`zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov xotirasiga bag`ishlangan “Millatning o‘zgarmas izlari: Islom Karimov Xotirasi” nomli tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda Islom Karimovning O‘zbekiston tarixidagi beqiyos roli, uning yurt taraqqiyoti va millat farovonligiga qo‘shgan hissasi keng yoritildi. Kitob ko`rgazmasi orqali Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan materiallar, hujjatlar, kitoblar va rasmlar orqali uning xalq uchun qoldirgan merosi namoyish qilindi.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘lida Islom Karimovning liderlik fazilatlari, davlat boshqaruvi va iqtisodiy islohotlardagi yutuqlari alohida ta'kidlandi. Shuningdek, tadbirda kitobxonlar Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga oid o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Karimovning o‘z xalqiga bo‘lgan mehr-muhabbati va uning rahbarlik fazilatlari bugungi kunda ham jamiyatda yuqori baholanmoqda.