Inson huquqlari davlat himoyasida

2025-yil 23-yanvar kuni Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida “Inson huquqlari davlat himoyasida” nomli kitob ko`rgazmasi yangi kitoblar bilan boyitildi. Ushbu ko`rgazma inson huquqlari, ularning himoyasi va xalqaro huquq tizimlari haqida yangi, qiziqarli va ma'lumotlarga boy adabiyotlarni o‘z ichiga olgan.

Aziz kitobxonlar, agar siz inson huquqlari mavzusiga qiziqsangiz, yangi ilmiy tadqiqotlar va huquqiy manbaalar bilan tanishishni istasangiz, bu ko`rgazma aynan siz uchun! Sizni kutubxonada kutib olishdan mamnun bo‘lamiz. Keling, birgalikda huquqlarimizni bilib, ularga bo‘lgan hurmatni oshiraylik! Yangi bilimlarga ega bo‘ling va inson huquqlari sohasidagi dolzarb masalalarni o‘rganing!

Источник: 
Информационно- библиотечный центр