o‘z
RU
DE
A.Griboedov (1795 - 1829) tavalludining 230 yilligiga bag`ishlangan
Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida atoqli rus dramaturgi, shoiri, diplomat, pianinochi va bastakor Aleksandr Sergeevich Griboedov (1795 - 1829) tavalludining 230 yilligiga bag`ishlangan taqdimot o`tkazildi. Ushbu tadbirda Griboedovning hayoti, ijodi va uning rus adabiyotiga qo`shgan hissasi haqida keng ma'lumotlar berildi. Taqdimot davomida, ayniqsa, uning mashhur “Aqllilik balosi” (“Gore ot uma”) dramasi va boshqa asarlari haqida so‘z yuritildi.Shuningdek, Griboedovning diplomatik faoliyati, pianinochi va bastakor sifatidagi ishlari haqida ham ta`kidlab o`tildi.
Tadbirda Griboedovning hayoti, uning adabiyotga qo‘shgan hissasi va diplomatik faoliyatiga oid ko‘plab kitoblar, tadqiqotlar va ilmiy nashrlar namoyish etilgan kitob ko`rgazmasi ham tashkil etildi. Kitob ko‘rgazmasi orqali ishtirokchilar Griboedovning asarlari va uning tarixiy roli haqida yanada chuqurroq ma'lumot olishdi.
Tadbirda ishtirokchilar Griboedovning o‘ziga xos va zamonaviy rus adabiyoti uchun muhim bo‘lgan asarlarini muhokama qilishdi va ularning zamonasi bilan bog‘liq masalalarga oid fikrlar bildirishdi.