o‘z
RU
DE
Joriy yilning 19-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Barkamol avlod” bolalar maktabida navbatdagi koʻchma kutubxona tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 19-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Barkamol avlod” bolalar maktabida navbatdagi koʻchma kutubxona tadbiri tashkil etildi.
Ko'chma kutubxonaning asosiy maqsadi – yosh avlod orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni bilimga chanqoq, fikrlashga o‘rgatishdir.
Koʻchma kutubxonada kitob ko'rgazmasi ham taqdim etildi. Ko'rgazmada o‘quvchilarga turli janrdagi badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar namoyish etildi. Ayniqsa, yosh bolalarga mo‘ljallangan ertaklar, sarguzasht hikoyalar, interaktiv va rasmli kitoblar ularning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi. Mutaxassislar bolalar bilan suhbatlashib, kitob o‘qishning foydasi, uning tafakkur va nutq rivojiga ta’siri haqida tushunchalar berdilar.
Ko‘chma kutubxona tashabbusi orqali axborot-kutubxona markazi yosh avlodni ma’naviy jihatdan yetuk, intellektual salohiyatli qilib tarbiyalashga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bunday ko'chma kutubxonalar kelajakda muntazam ravishda boshqa ta’lim muassasalarida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.