o‘z
RU
DE
“Internetda havfsiz yurish qoidalari: Soxta sahifalar orasida haqiqiy kitobni yo‘qotma” nomli davra suhbati va kitob ko‘rgazma
2025-yil 23-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazining mutaxassislari va foydalanuvchilar uchun zamonaviy axborot muhitining dolzarb masalalaridan biri — internetdagi xavfsiz yurish qoidalariga bag‘ishlangan “Internetda havfsiz yurish qoidalari: Soxta sahifalar orasida haqiqiy kitobni yo‘qotma” nomli davra suhbati va kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Tadbirning bosh g‘oyasi — kutubxona xodimlarini va foydalanuvchilarni raqamli olamdagi xavf-xatarlardan ogoh etish, internetdan foydalanishda axborot madaniyati va ehtiyotkorlik tamoyillarini mustahkamlash. Shu maqsadda kutubxona mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga zamonaviy kiberxavfsizlik tushunchalari, onlayn firibgarlik shakllari, yolg‘on manbalarni aniqlash usullari haqida ma'lumotlar berildi.

Davra suhbati davomida "Soxta sahifalar" — ya’ni yolg‘on axborot vositalari, feyk yangiliklar, ijtimoiy tarmoqlarda tarqaladigan ishonchsiz kontentlar haqida muhokamalar olib borildi. Ishtirokchilar "haqiqiy kitobni yo‘qotmaslik", ya’ni axborot mo‘l-ko‘lligi zamonida asosli, ishonchli va sifatli bilim manbalariga tayanish zarurligini ta’kidladilar.
Tadbir doirasida tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasi esa "Internet madaniyati", "Axborot xavfsizligi", "Raqamli savodxonlik" kabi mavzularga oid adabiyotlar bilan boyitildi. Bu ko‘rgazma ishtirokchilarga internetdagi tahdidlar haqida chuqurroq tushuncha berish bilan birga, bilimni asrashda bosma manbalar, mutaxassis yozgan asarlar va kutubxonalar haligacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini yana bir bor eslatdi.

Davra suhbati – kutubxona xodimlari uchun nafaqat ogohlik darsi, balki raqamli dunyoda axborotni tanlash madaniyatini shakllantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Источник:
Информационно- библиотечный центр