o‘z
RU
DE
"Adabiyotda jon topgan tarix" – ilm va ijod uygʻunligi
"Adabiyotda jon topgan tarix" – ilm va ijod uygʻunligi
2025-yil 18-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan "Adabiyotda jon topgan tarix" mavzusida oʻtkazilgan davra suhbati mazmunan boy, ilmiy va maʼnaviy jihatdan nihoyatda ahamiyatli tadbirlardan biri boʻldi.
Tadbir davomida tarixiy voqealar va shaxsiyatlarning badiiy adabiyotda qanday talqin etilgani, yozuvchilarning tarixiy haqiqatni adabiy obrazlar orqali qanday yetkazgani haqida fikr almashildi. Ishtirokchilar oʻz mulohazalari orqali tarix va adabiyot oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik, ularning yosh avlodni tarbiyalashdagi o‘rni haqida to‘xtalib oʻtishdi.
Shuningdek, davra suhbatiga hamohang tarzda tashkil etilgan kitob koʻrgazmasi tadbirga alohida fayz bagʻishladi. Unda tarixiy mavzudagi badiiy asarlar, tarixiy romanlar, tarjimai hol asarlari va ilmiy-tarixiy adabiyotlar namoyish etildi. Bu ko‘rgazma ishtirokchilarga tariximizni adabiyot nigohi bilan yanada chuqurroq anglash imkonini berdi.
Ushbu tadbir yoshlar ongida tarixiy xotirani mustahkamlash, o‘zlikni anglash va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.