o‘z
RU
DE
#tanishing_yangi_adabiyotlar
Joriy yilning 7-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Tanishing – yangi adabiyotlar” nomli yangi kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Namoyish etilgan adabiyotlar orasida o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, tilshunoslik va lug‘atshunoslikka oid nashrlar, falsafa, tarix, axloq va zamonaviy psixologik asarlar, shuningdek, yoshlar va keng kitobxonlar uchun mo‘ljallangan badiiy kitoblar mavjud.
Ushbu ko‘rgazma kitobxonlarning bilim doirasini kengaytirish, mustaqil fikrlashni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Yangi adabiyotlar bilan tanishish esa kitobsevarlarda ilmga bo‘lgan qiziqishni oshirib, ma’naviy dunyoqarashni boyitadi.
Yangi bilim va ilhom izlayotgan barcha kitobsevarlarni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurishga chorlab qolamiz!
Источник:
Информационно- библиотечный центр
