o‘z
RU
DE
“10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuni”
Joriy yilning 10-dekabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuni” munosabati bilan mazmunli kitob koʻrgazmasi va bibliografik sharh oʻtkazildi.
Sharh davomida inson huquqlarining ahamiyati, ularni xalqaro darajada himoya qilish mexanizmlari, shuningdek, Oʻzbekistonda inson huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yoritib berildi. Koʻrgazmada inson huquqlari, erkinliklari, fuqarolik jamiyati rivoji va demokratiya tamoyillariga oid adabiyotlar keng namoyish qilindi.
Bibliografik sharh jarayonida ishtirokchilarga mazkur adabiyotlarning mazmuni, ular orqali o‘quvchilar olishi mumkin bo‘lgan bilim va tushunchalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Kitob koʻrgazmaning asosiy maqsadi — jamiyatda inson huquqlariga hurmat, tenglik va adolat tamoyillarini keng targ‘ib qilishdan iborat.
