o‘z
RU
DE
“Atrof-muhitni muhofaza qilish va aholida ekologik madaniyatni rivojlantirish”
Joriy yilning 19-dekabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Atrof-muhitni muhofaza qilish va aholida ekologik madaniyatni rivojlantirish” nomli kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.
Koʻrgazmadan asosiy maqsad — kitobxonlar oʻrtasida tabiatni asrash, ekologik muammolarga befarq boʻlmaslik, atrof-muhitni muhofaza qilishga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda ekologik bilim va madaniyatni yuksaltirishdan iborat.
Koʻrgazmada atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiya, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yashil muhitni asrashga bagʻishlangan adabiyotlar, ilmiy-ommabop kitoblar va axborot materiallari namoyish etildi.
Источник:
Информационно- библиотечный центр
