“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilindi.
 
 
2026-yil 5-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida mazkur mavzuga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rni, aholining faolligi, hamjihatlik va taraqqiyot g‘oyalarini yorituvchi adabiyotlar jamlandi.
 
 Kitob ko‘rgazmasi kitobxonlarning bilimini oshirish, mahalla va jamiyat rivoji borasidagi islohotlar mazmunini keng yoritishga xizmat qiladi.   
 
Ushbu kitob koʻrgazmaga qiziqgan barcha kitobxon va foydalanuvchilarni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida kutib qolamiz!
Источник: 
Информационно- библиотечный центр