navbatdagi o‘quv amaliyoti

Joriy yilning 4-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga OʻzDJTUning "Rus filologiya" fakulteti 3-bosqich talabalari  navbatdagi o‘quv amaliyotiga keldilar.
 
 Bugungi o‘quv amaliyoti davomida talabalar xorijiy, rus va o‘zbek adabiyoti mualliflarining asarlari asosida buktreylerlar tayyorlashni o‘rgandilar. Ular asar mazmuniga mos ssenariy tuzish, vizual obrazlar hamda musiqiy fonni to‘g‘ri tanlash orqali kitoblarni ijodiy tarzda taqdim etish ko‘nikmalarini shakllantirdilar.
 
 Shu bilan birga, talabalar axborotni ijodiy yondashuvda taqdim qilish, kitobxon qiziqishini oshirishga qaratilgan vizual kontentlar yaratish bo‘yicha amaliy tajriba orttirdilar.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр