Oʻzbekiston Davlat San’at va Madaniyat Institutining “Kutubxona axborot faoliyati” fakulteti 4-bosqich talabalari malaka oshirish o‘quv amaliyoti doirasida tashrif buyurdilar.

Joriy yilning 30-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Oʻzbekiston Davlat San’at va Madaniyat Institutining “Kutubxona axborot faoliyati” fakulteti 4-bosqich talabalari malaka oshirish o‘quv amaliyoti doirasida tashrif buyurdilar.
 
 
 O‘quv amaliyoti davomida talabalar axborot-kutubxona markazining "Nemis tili o‘quv zali" hamda "Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi" faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularning ish faoliyatini o‘rgandilar.
 
 Kutubxona mutaxassislari tomonidan talabalarga AKMning umumiy faoliyati, uning vazifalari, mavjud o‘quv va ilmiy resurslar, shuningdek, kutubxona tizimida foydalanuvchilar va ilmiy jamoatchilik uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
 
Amaliyot jarayonida talabalar kutubxona qoidalari bilan tanishib, axborot-kutubxona markaziga a’zo bo‘ldilar.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр