Joriy yilning 14-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyida oʻtkazilgan kitob taqdimotida ishtirok etdilar.

Joriy yilning 14-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyida oʻtkazilgan kitob taqdimotida ishtirok etdilar. Tadbir mazkur muzey hamda Germaniyaning “Konrad-Adenauer-Stiftung” jamgʻarmasi hamkorligida tashkil etildi.

​Taqdimotda tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Vaxapovich Hasanovning nemis tilida nashr etilgan “Von der Wtschk zum Gulag” (“VCHKdan GULAGgacha: sovetlarning qatag‘on siyosati va uning institutsional shakllanishi”) nomli monografiyasi keng jamoatchilikka tanishtirildi. Mazkur asarda XX asr boshlarida Turkiston hududida yuz bergan siyosiy jarayonlar, sovet davri qatagʻon siyosati hamda uning fojiali oqibatlari chuqur tahlil qilingan.

​Kitobda milliy ziyolilarning shakllanishi, ularning jamiyatdagi oʻrni va milliy uygʻonish harakatlari hamda mustaqillik yoʻlidagi murakkab tarixiy bosqichlar atroflicha yoritilgan. Shuningdek, qatagʻon qurbonlarining taqdiri va ularning matonatli kurashiga alohida e’tibor qaratilgan.

 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр