Joriy yilning 16-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda “VI Respublika Kitobxonlik haftaligi” doirasida 208-umumta’lim maktabida “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi”

 Joriy yilning 16-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda “VI Respublika Kitobxonlik haftaligi” doirasida 208-umumta’lim maktabida “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

 Mazkur tanlovda Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 24 ta maktabdan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etib, o‘z bilim va kitobxonlik madaniyatlarini namoyon etdilar. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan raqs va musiqiy chiqishlar namoyish etildi. 

Shuningdek, tanlov jarayonida ishtirokchilarga turli savol-javoblar berilib, ularning badiiy asarlar, adabiyot va umumiy dunyoqarash bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlov yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar munosib taqdirlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр