Yoz — Kelajak bilan

 Joriy yilning 4-iyun kuni Mirzo Ulug'bek tumani “Kelajak" markazida “Yoz — Kelajak bilan” shiori ostida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ham faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilarga axborot-kutubxona markazi faoliyati, kitob fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni mutolaaga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.

 Mutaxassislar tomonidan bolalar va o‘smirlar uchun tavsiya etiladigan badiiy hamda ilmiy-ommabop adabiyotlar tanishtirilib, kitobning inson kamolotidagi o‘rni haqida suhbatlar o‘tkazildi.

 Mazkur tadbir yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda kelajak sari dadil qadam tashlashlariga xizmat qildi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр