11/04/2026 - 14:43
 Joriy yilning 11-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Rossiya madaniyat markazi o‘quvchilariga "Xalqaro aviatsiya va kosmonavtika kuni"ga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
 

 Tadbir davomida o‘quvchilarga aviatsiya va kosmonavtika tarixi, mashhur kosmonavtlar hayoti hamda koinot tadqiqotlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
 
 Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlari uchun ko‘plab yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar, qiziqtirgan savollarini berib, faol ishtirok etdilar.
11/04/2026 - 14:37
 Joriy yilning 11-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida "Xalqaro aviatsiya va kosmonavtika kuni" munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
 

 
 Ko‘rgazmada aviatsiya va kosmonavtika tarixiga oid, mashhur kosmonavtlar hayoti, koinot tadqiqotlari hamda fan-texnika yutuqlarini aks ettiruvchi kitoblar namoyish etildi.
 
 Ushbu ko‘rgazma orqali kitobxonlar koinot olami, insoniyatning kosmosni o‘rganish yo‘lidagi izlanishlari va ilmiy kashfiyotlar haqida kengroq tasavvurga ega bo‘lishlari mumkin.
 
 Ko‘rgazma ilm-fanga qiziqishni oshirish hamda kitobxonlarni yangi bilimlar sari undashga xizmat qiladi.
10/04/2026 - 17:17
 Joriy yilning 10-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan buyuk adib, o`zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 132 yilligi munosabati bilan “Adabiyotda iz qoldirgan siymo” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
 

 
Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, mayor hamda soha xodimlari ishtirok etib, adib merosiga bo‘lgan yuksak e’tibor va hurmatni yana bir bor namoyon etdilar.
10/04/2026 - 17:12
Joriy yilning 10-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Mirzo Ulug‘bek tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, mayor hamda xodimlar tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mehmonlar kutubxona faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar, kitob fondi va nemis o`quv zali bilan yaqindan tanishdilar.
 
Ekskursiya jarayonida ularga zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlari, elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari hamda kitobxonlar uchun tashkil etilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi. 
10/04/2026 - 14:23
 Joriy yilning 10-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Abdulla Qodiriy tavalludining 132 yilligi munosabati bilan “Adabiyotda iz qoldirgan siymo” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
 

 
  Ko‘rgazmada Abdulla Qodiriyning asarlari — romanlari, hikoyalari, shuningdek, uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiyotlar namoyish etildi.
 
 Ushbu kitob ko‘rgazmasi kitobxonlarda milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqish va hurmatni yanada oshirishga xizmat qiladi.
09/04/2026 - 16:40
 Joriy yilning 9-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Buyuk sarkarda Amir Temur” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
 

 
 Tadbir 64-umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchilari bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Unda o‘quvchilarga buyuk sarkarda hayoti va faoliyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
 
 Shuningdek, mavzuga oid videorolik namoyish etilib, o‘quvchilar o‘rtasida viktorina savol-javoblari tashkil qilindi. Faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi.
 
 Tadbir yosh avlodni tariximizga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.
09/04/2026 - 16:29
 Joriy yilning 9-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Buyuk sarkarda Amir Temur” nomli kitob ko‘rgazmasi va bibliografik sharh tashkil etildi.
 

 
 Ko‘rgazmada Amir Temurning hayoti, sarkardalik mahorati, davlat boshqaruvi hamda boy tarixiy merosiga bag‘ishlangan adabiyotlar namoyish etildi.
 
 Bibliografik sharh davomida kitobxonlarga mazkur mavzudagi eng muhim manbalar, ularning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil tushunchalar berildi.
 
 Tadbir ishtirokchilarda milliy tariximizga bo‘lgan qiziqish va hurmatni yanada oshirishga xizmat qildi.
07/04/2026 - 15:33
 Joriy yilning 7-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “ 7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni ” munosabati bilan kitob ko‘rgazmasining bibliografik sharhi tashkil etildi.
 

 
 Mazkur sharhning asosiy maqsadi — sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish hamda salomatlikka oid dolzarb masalalar bo‘yicha xabardorlikni oshirishdan iborat.
 
 Sharh davomida salomatlik, sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, ruhiy salomatlik, tibbiy maslahatlar hamda pandemiyalarga qarshi kurash mavzularini yorituvchi turli adabiyotlar taqdim etildi.
06/04/2026 - 15:35
#hamkorlik 
2026-yil 6-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi hamda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Ushbu hamkorlik doirasida yana bir muhim tashabbus — ko‘chma kutubxona tashkil etildi. Endilikda kitoblar aholiga yanada yaqinroq bo‘lib, ayniqsa xizmat jarayonida bo‘lgan xodimlar uchun ham mutolaa qilish imkoniyati kengayadi.
Mutaxassislar tomonidan amaliy va metodik yordamlar ko‘rsatilib, loyiha samarali yo‘lga qo‘yildi. Bu esa kitobxonlikni rivojlantirish va aholining ma’naviy saviyasini oshirishga xizmat qiladi.
Bunday ezgu tashabbuslar kelgusida ham davom etib, yanada keng ko‘lamda amalga oshirilishiga ishonamiz!






03/04/2026 - 17:03
Joriy yilning 3-aprel kuni Rossiyadan tashrif buyurgan xorijiy mehmon Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi.
Mutaxassislar tomonidan chet el mehmoni uchun kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida mehmon kutubxonaning nemis va o‘quv zallari bilan yaqindan tanishdi.
Shu bilan birga, mehmon kutubxona fondida mavjud badiiy, ilmiy hamda ma’naviy-ma’rifiy nashrlar, zamonaviy axborot-resurslari va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot oldi.
Tashrif davomida mehmon kutubxona faoliyati, uning asosiy yo‘nalishlari hamda foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan tanishib, o‘zida ijobiy taassurot qoldirdi.


Pages

Subscribe to Новости