o‘z
RU
DE
Hamkorlik aloqalari
Joriy yilning 23-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 148-sonli umumtaʼlim maktabi qoshidagi “Nihol” oromgohiga tashrif buyurdilar.



Tashrif davomida oromgoh bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish hamda ko‘chma kutubxona faoliyatini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Hamkorlik doirasida ko‘chma kutubxona tashkil etilib, yosh kitobxonlarga axborot-kutubxona xizmatlarini yanada yaqinlashtirish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni muntazam o‘tkazish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Mazkur tashabbus yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning maʼnaviy dunyoqarashini boyitish hamda axborot-kutubxona xizmatlarini keng targʻib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
