O‘quv amaliyoti

 Joriy yilning 19-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fakulteti 3-bosqich talabalari o‘quv amaliyotini muvaffaqiyatli yakunladilar.

 Amaliyot davomida talabalar o‘zlari tanlagan kitoblar va badiiy asarlar ustida ishlab, ularni nemis tiliga tarjima qilish bo‘yicha amaliy tajriba orttirdilar.

Talabalar asarlarning mazmun-mohiyati, uslubiy va til xususiyatlarini chuqur o‘rganib, tarjima jarayonida qo‘llaniladigan usul va yondashuvlar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar.

Shuningdek, talabalar kitoblarni targ‘ib qilish va mutolaa madaniyatini ommalashtirish doirasida videoroliklar hamda taqdimotlar tayyorlash, asarlarni tahlil qilish va o‘z kitobxonlik taassurotlarini auditoriyaga samarali yetkazish bo‘yicha zarur bilim va tajribalarni o‘zlashtirdilar.

Ushbu amaliy mashg‘ulot talabalarning tarjima mahoratini oshirish, xorijiy tillarni chuqurroq o‘rganish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish hamda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

 Amaliyot yakunida talabalar o‘z tarjima tajribalari, ijodiy yondashuvlari va kitoblarni targ‘ib qilishga oid g‘oyalari bilan o‘rtoqlashib, kelgusidagi loyihalar yuzasidan fikr almashdilar.

 Talabalar amaliyot davomida ko‘plab yangi bilim va ko‘nikmalarni egallab, kasbiy tajribalarini oshirdilar hamda o‘quv amaliyotini muvaffaqiyatli yakunladilar.
 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр