14/07/2026 - 17:09
 Joriy yilning 14-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Ayollar huquqlari – taraqqiyot asosi” mavzusi doirasida "Ayol e'zozi – jamiyat e'zozi" mavzusida kitob koʻrgazmasi hamda bibliografik sharh tashkil etildi.
 

 Koʻrgazmada xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrni, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender tengligini taʼminlash hamda ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini yorituvchi adabiyotlar va nashrlar keng namoyish etildi.
 Koʻrgazmadan oʻrin olgan kitoblar kitobxonlarda ayollar huquqlariga hurmat tuygʻusini mustahkamlash, ularning jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos oʻrnini anglashga xizmat qiladi.
 Mazkur kitob koʻrgazmasiga qiziqqan barcha kitobxonlar va foydalanuvchilarni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markaziga taklif etamiz.
 
14/07/2026 - 14:56
 Joriy yilning 14-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tashrif buyurib, metodik hamda amaliy yordam ko'rsatdilar.
 

 Tashrif davomida axborot-kutubxona faoliyatini samarali tashkil etish, kitob fondidan oqilona foydalanish, kitobxonlarga ko'rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari sifatini yanada oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targ'ib etish yuzasidan zarur tavsiya va takliflar berildi. Shuningdek, axborot-resurslarni tizimli yuritish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda sohada ilg'or tajribalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
 Uchrashuv davomida o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish, kitobxonlikni rivojlantirish va kelgusidagi istiqbolli rejalar yuzasidan fikr almashildi.
 Mazkur tashrif hududda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari uchun sifatli axborot-kutubxona xizmatlarini yo'lga qo'yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 
13/07/2026 - 16:09
Joriy yilning 13-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Tanishing yangi adabiyotlar” nomli kitob koʻrgazmasi va bibliografik sharh tashkil etildi.
 Koʻrgazmada kitobxonlar eʼtiboriga soʻnggi yillarda nashr etilgan badiiy, ilmiy-ommabop hamda maʼnaviy-maʼrifiy adabiyotlar havola etildi. Bibliografik sharh davomida mutaxassislar kitoblarning mazmuni, mualliflari va kitobxonlar uchun ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berdilar.
 Ko'rgazmaning asosiy maqsadi kitobxonlarni yangi nashrlar bilan yaqindan tanishtirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, kitobxonlikni targʻib etish hamda kitobga boʻlgan qiziqishni oshirishdan iborat boʻldi. Ko'rgazma ishtirokchilari sharh davomida faol ishtirok etib, oʻz fikr va taassurotlari bilan oʻrtoqlashdilar.
 
09/07/2026 - 14:53
 Joriy yilning 9-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Ma'rifat sari ezgu qadamlar" shiori ostida volontyorlik madaniyatini shakllantirish maqsadida nafaqadagi ma'rifatli, hayot tajribasi va donishmandligi bilan jamiyatimizga o'rnak bo'lib kelayotgan nuroniylar holidan xabar olishga bagʻishlangan uchrashuv tashkil etildi.


Uchrashuv davomida nuroniylar bilan samimiy suhbatlar oʻtkazilib, ularning duolari va ezgu tilaklari tinglandi. Shuningdek, ma'naviy hordiq chiqarishlari hamda mutolaa madaniyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida zarur badiiy va maʼrifiy adabiyotlar yetkazib berildi.
 Uchrashuvda keksalarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik ko'rsatish, ularning boy hayotiy tajribasidan bahramand bo'lish hamda yoshlar o'rtasida mehr-oqibat, insonparvarlik alohida ta'kidlandi.
Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat va e'tibor ko'rsatish xalqimizning ezgu qadriyatlaridan biridir. Bunday ma'naviy-ma'rifiy tashabbuslar avlodlar o'rtasidagi mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
07/07/2026 - 16:19
 Joriy yilning 7-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yozning eng yaxshi kitoblari” nomli kitob ko‘rgazmasi va bibliografik sharh oʻtkazildi.


Koʻrgazmada bolalar va o‘smirlar uchun tavsiya etilgan yozning eng yaxshi badiiy, sarguzasht, fantastika, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar namoyish etildi. Bibliografik sharh davomida mutaxassislar kitoblarning mazmun-mohiyati, mualliflari va yosh kitobxonlar uchun ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdilar.
 Ko'rgazmaning asosiy maqsadi bolalar va o‘smirlarni yangi adabiyotlar bilan tanishtirish, yozgi ta’tilni mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.
06/07/2026 - 16:23
Joriy yilning 6-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “2026 yil — Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” munosabati bilan tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasining bibliografik sharhi o‘tkazildi.

Sharh davomida kitobxonlarga mahalla taraqqiyoti, jamiyat ravnaqi, ma’naviy qadriyatlar hamda barkamol avlod tarbiyasiga oid adabiyotlar tanishtirilib, ularning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
03/07/2026 - 16:31
 Joriy yilning 3-iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi hamda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasining amal qilish muddati yangilandi.
 

 Hamkorlik muddatining uzaytirilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad — kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, mutolaani keng targ‘ib etish, xodimlarning ma'naviy-ma'rifiy salohiyatini oshirish hamda o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.
 Shuningdek, hamkorlik doirasida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida ko‘chma kutubxona faoliyati davom ettirilmoqda. Bu esa xodimlarga xizmatdan bo‘sh vaqtlarida badiiy, ilmiy-ommabop va ma'naviy-ma'rifiy adabiyotlarni mutolaa qilish uchun qulay imkoniyat yaratadi.
 Ishonamizki, yangilangan hamkorlik kelgusida ham yangi loyihalar va ezgu tashabbuslarning amalga oshirilishiga xizmat qiladi.
02/07/2026 - 17:10
Joriy yilning 2-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 275-sonli umumtaʼlim maktabi qoshidagi “Kamalak” oromgohiga tashrif buyurib, metodik va amaliy yordam koʻrsatdilar.
 

Tashrif davomida oromgohda kitobxonlikni targʻib etish, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, o‘quvchilarga yangi asarlar, qiziqarli kitoblar hamda mutolaa qilishning ahamiyati haqida maʼlumotlar berildi.
Hamkorlikni yanada mustahkamlash va kelgusida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boʻyicha fikr almashildi.
Mazkur tashrif yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning maʼnaviy dunyoqarashini boyitish hamda axborot-kutubxona xizmatlarini keng targʻib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 
02/07/2026 - 16:59
#Yoshlar_kuni
Joriy yilning 2-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan markazida "Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O'zbekiston yoshlari nigohida" shiori ostida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatni asrash masalalariga bagʻishlangan “Tabiatni asrash — kelajak garovi” mavzusida tadbir tashkil etildi.
 

 Ko‘rgazmada tabiatni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrash hamda tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishga bag‘ishlangan adabiyotlar keng namoyish etildi.
Tadbir davomida kitobxonlarga tabiatni asrashning ahamiyati, ekologik muammolar, yashil makonlarni ko‘paytirish va har bir insonning tabiat oldidagi mas’uliyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar ko‘rgazmadan o‘rin olgan kitoblar bilan yaqindan tanishdilar.
Tabiatni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Shu maqsadda aholining, ayniqsa yoshlarning ekologik ongini shakllantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va kitob ko‘rgazmalari muntazam tashkil etib kelinmoqda.
 
02/07/2026 - 16:57
Joriy yilning 2-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 148-sonli umumtaʼlim maktabi qoshidagi “Nihol” oromgohida "Bir kitob-bir olam" nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
 

Tadbir davomida ishtirokchilarga kitob mutolaasining ahamiyati, kutubxona faoliyati hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish haqida qiziqarli maʼlumotlar berildi. Shuningdek, bolalarda kitobga mehr uygʻotish maqsadida ularni qiziqtiradigan ertak, sarguzasht va boshqa badiiy asarlar haqida tayyorlangan videorolik namoyish etildi.
Tadbirning ijodiy qismida bolalar o‘zlari sevib o‘qigan ertak qahramonlari rasmlarini chizib, o‘z tasavvurlari va iste’dodlarini namoyon etdilar. Ularning rang-barang ijodiy ishlari tadbirga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.
Mazkur tadbir yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

Pages

Subscribe to Новости