19/02/2026 - 17:16
 2026-yil 19-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston Davlat san’at va Madaniyat institutining “Kutubxona-axborot faoliyati” fakulteti 4-bosqich talabalari malaka oshirish o‘quv amaliyotini davom ettirdilar.
 
Talabalar “Nemis tili o‘quv zali” ish jarayonlarini chuqurroq o‘rganishdi, mavjud adabiyotlar, o‘quv resurslari va foydalanuvchilarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
 
 Shuningdek, talabalarga zalning ish jarayonlari va kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish tartibi bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
19/02/2026 - 17:05
 2026-yil 19-fevral kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Ayollar huquqi – taraqqiyot asosi” mavzusida davra suhbati kitob ko‘rgazmasining bibliografik sharh o‘tkazildi.

 
 Bibliografik sharh davomida ayollar huquqlarining ta’minlanishi jamiyat taraqqiyotining muhim mezoni ekani alohida ta’kidlandi. Ayollarga yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar nafaqat ularning, balki butun jamiyat salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishi haqida atroflicha fikr almashildi.
 
 Kitob ko‘rgazmasining bibliografik sharhi jarayonida ayollar huquqlariga oid qonunchilik hujjatlari, davlat dasturlari, xalqaro hamkorlik masalalari hamda gender tengligiga bag‘ishlangan adabiyotlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar tavsiya etilgan manbalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
17/02/2026 - 17:17
2026-yil 17-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston Davlat san’at va Madaniyat institutining “Kutubxona-axborot faoliyati” fakulteti 4-bosqich talabalari malaka oshirish o‘quv amaliyotini davom ettirdilar.

 
Amaliy mashg‘ulotlar davomida talabalar “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmat” bo‘limida mustaqil ravishda kitoblarni skanerlash, fayllarni tartiblash, elektron resurslarni shakllantirish hamda raqamlashtirish jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
16/02/2026 - 16:55
 Joriy yilning 16-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman AKMda Oʻzbekiston Davlat san’at va Madaniyat Institutining “Kutubxona axborot faoliyati” fakulteti 4-bosqich talabalari malaka oshirish o‘quv amaliyoti doirasida, “Fondlarni to‘ldirish va adabiyotlarga ishlov berish” bo‘limida amaliyot oʻtadilar.
 

 
”Fondlarni to‘ldirish va adabiyotlarga ishlov berish” bo‘limi mutaxassislari koʻrsatmasi asosida amaliyotchilar kitoblarga texnik ishlov berdilar, boʻlimlarga taqsimladilar va fonddagi oʻrnini aniqlab joyladilar
16/02/2026 - 16:29
 
2026 yil 16-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida o‘zbek she’riyatining nozik va samimiy ovozi, shoira Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Saida Zunnunova — Ayol qalbining nozik kuychisi” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

 
Ko‘rgazmada adibaning hayoti va ijodiga oid asarlar, she’riy to‘plamlar hamda u haqidagi adabiyotlar namoyish etildi. Mazkur ko‘rgazma buyuk ijodkorning boy adabiy merosini keng targ‘ib etish, yoshlar qalbida kitobga mehr va milliy adabiyotimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.                                                                                                                                                               
13/02/2026 - 17:34
2026-yil 13-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek 
TAKMda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining “Rus filologiya” fakulteti 3-bosqich talabalari amaliyotning so‘nggi kunini yakunlab, o‘zlarining orttirgan bilim va ko‘nikmalarini yana bir bor namoyon etdilar.

 
Amaliyot davomida talabalar axborot-kutubxona faoliyati, kitob fondi bilan ishlash, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish jarayonlarida faol ishtirok etdilar. Ular nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, kasbiy tajribalarini boyitdilar.
 
Yakunda talabalar markaz jamoasiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, ustoz va mutaxassislarning qimmatli tavsiyalari kelgusi faoliyatlari uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. Ushbu amaliyot nafaqat kasbiy mahoratni oshirish, balki mas’uliyat, jamoa bilan ishlash va muloqot madaniyatini shakllantirishda ham muhim bosqich bo‘ldi.
13/02/2026 - 17:25
 Joriy yilning 13-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman AKMda Oʻzbekiston Davlat san’at va Madaniyat Institutining “Kutubxona axborot faoliyati” fakulteti 4-bosqich talabalari malaka oshirish o‘quv amaliyoti doirasida, “Fondlarni to‘ldirish va adabiyotlarga ishlov berish” bo‘limida amaliyot oʻtadilar.

 
”Fondlarni to‘ldirish va adabiyotlarga ishlov berish” bo‘limi mutaxassislari koʻrsatmasi asosida amaliyotchilar kitoblarga texnik ishlov berdilar va boʻlimlarga taqsimladilar.
13/02/2026 - 16:17
Joriy yilning 13-fevral kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan buyuk mutafakkirlar — Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlab, “Ikki buyuk siymo — bir ma’naviyat chashmasi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 
Mazkur tadbir yosh avlod qalbida milliy qadriyatlar, adabiyot va ma’naviyatga boʻlgan muhabbatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Tadbirda OʻzDJTU talabalari tayyorlagan mazmunli videoroliklar, 211-maktab oʻquvchilarining gʻazal va musiqiy chiqishlari barchada katta taassurot qoldirdi.
 
Buyuk ajdodlarimizning boy merosi, ularning ilm-fan, adabiyot va ma’naviyat rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasi haqida soʻz yuritilgan ushbu tadbir ishtirokchilarga chuqur ma’naviy ozuqa bagʻishlab, tarixiy xotira va milliy gʻururni yanada yuksaltirdi.
12/02/2026 - 17:00
Joriy yilning 12-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida OʻzDJTU “Rus filologiya” fakulteti 3-bosqich talabalari uchun tashkil etilgan navbatdagi o‘quv-amaliy mashg‘ulot mazmunan boy va samarali tarzda o‘tdi. 
 

Mashg‘ulot davomida talabalar  o’zlarining tanlagan yozuvchilarining asarlari boʻyicha mustaqil tayyorlagan buktreylerlarinining  taqdimotlarini namoyish etdilar.
 
Taqdimotlarda asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, yozuvchining tanqidiy realizm yo‘nalishidagi mahorati, obrazlar tizimi va ijtimoiy muhit tasviri chuqur tahlil qilindi. Har bir chiqish tahliliy yondashuv, mustaqil fikr va adabiy matn bilan ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdi.
 
Mazkur amaliy mashg‘ulot talabalar uchun nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlash, balki omma oldida erkin va ravon fikr bildirish, adabiy asarni chuqur anglash hamda tahlil qilish malakalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
11/02/2026 - 17:10
 Joriy yilning 11-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida OʻzDJTUning “Rus filologiya” fakulteti 3-bosqich talabalari uchun o‘quv amaliyoti doirasida navbatdagi mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.
 

 Mashg‘ulot davomida talabalar o‘zlari tayyorlagan buktreylerlar ustidagi ishlarni yakunlab, ularni bosqichma-bosqich topshirishni boshladilar. Har bir buktreyler tanlangan asar mazmunini yoritish, ijodiy yondashuv va zamonaviy vizual vositalardan foydalanish orqali taqdim etildi.
 
 Mazkur mustaqil ish — buktreyler tayyorlash jarayoni talabalarning ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirishga, ularning kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirishga hamda turli adabiy asarlar mazmuni bilan chuqurroq tanishishlariga xizmat qilmoqda.

Pages

Subscribe to Новости