o‘z
RU
DE
o‘quv amaliyoti
Joriy yilning 15-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fakulteti 3-bosqich talabalari navbatdagi o‘quv amaliyotiga keldilar.




Amaliyot davomida talabalar o‘zlari tanlagan kitoblar va badiiy asarlar ustida ishlab, ularni nemis tiliga tarjima qilish jarayonini amalga oshirmoqdalar.
Talabalar tanlagan asarlarining mazmun-mohiyatini, uslubiy va til xususiyatlarini o‘rganib, ularni nemis tiliga tarjima qilishda qo‘llaniladigan usul va yondashuvlar yuzasidan amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
Ushbu amaliy mashg‘ulot talabalarning tarjima mahoratini oshirish, xorijiy tillarni chuqurroq o‘rganish hamda ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Amaliyot jarayonida talabalar o‘zlari tanlagan kitoblarni nemis tiliga tarjima qilish ustida faol ish olib bormoqdalar.
