O‘quv amaliyoti

 Joriy yilning 18-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fakulteti 3-bosqich talabalari navbatdagi o‘quv amaliyotiga tashrif buyurdilar.

 Amaliyot davomida talabalar o‘zlari tanlagan kitoblar va badiiy asarlar ustida ishlab, ularni nemis tiliga tarjima qilish jarayonini amalga oshirmoqdalar. Shu bilan birga, ular booktuber faoliyati uchun tayyorgarlik ko‘rib, tanlangan asarlarni keng kitobxonlar ommasiga zamonaviy va qiziqarli usullar orqali targ‘ib etish ustida ishlamoqdalar.

 Talabalar asarlarning mazmun-mohiyati, uslubiy va til xususiyatlarini chuqur o‘rganib, tarjima jarayonida qo‘llaniladigan usul va yondashuvlar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar.

 Booktuber loyihalariga tayyorgarlik jarayonida talabalar kitoblar bo‘yicha videoroliklar va taqdimotlar yaratish, asarlarni tahlil qilish hamda o‘z kitobxonlik taassurotlarini auditoriyaga samarali yetkazish bo‘yicha tajriba orttirmoqdalar.

 Ushbu amaliy mashg‘ulot talabalarning tarjima mahoratini oshirish, xorijiy tillarni chuqurroq o‘rganish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish hamda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

 Amaliyot davomida talabalar tarjima tajribalari, ijodiy yondashuvlari va booktuber faoliyatiga oid g‘oyalari bilan o‘rtoqlashib, kelgusidagi loyihalar yuzasidan fikr almashdilar.
 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр