“Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola” mavzusida kitob koʻrgazmasi va bibliografik sharh

Joriy yilning 10-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola” mavzusida kitob koʻrgazmasi va bibliografik sharh tashkil etildi.

 

 Tadbir doirasida kitobxon onalar va farzandlar uchun tavsiya etiladigan badiiy, ma’rifiy hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega adabiyotlardan iborat kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

 Bibliografik sharh davomida taqdim etilgan kitoblarning mazmuni hamda ularning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida qisqacha ma’lumotlar berildi.

 Kitobxon oila–ma’rifatli jamiyat poydevori. Oilalarda mutolaa muhitini shakllantirish va yosh avlodni kitobxonlikka keng jalb etish borasidagi targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр