#Yoshlar_kuni #Tadbir“ Raqamli davrda tarjimonlik:til va texnologiyalar uyg‘unligi”

 Joriy yilning 11-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fakulteti 3-bosqich talabalari amaliyotida taniqli tarjimon Oybek Arabov tashrif buyurib, talabalar bilan samimiy va mazmunli suhbat o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tarjima san’ati va uning bugungi kundagi ahamiyati, tarjimon oldida turgan mas’uliyatli vazifalar, xorijiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga tarjima qilishning o‘ziga xos jihatlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, soha bo‘yicha qimmatli tavsiya va maslahatlar bilan tanishdilar.

 

 Shuningdek, Yoshlar kuni munosabati bilan talabalar bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sohaga keng joriy etish, raqamli innovatsiyalarni rivojlantirish hamda startap loyihalarni yaratish va amalga oshirish masalalari yuzasidan ham suhbat tashkil etildi. Unda zamonaviy texnologiyalarning tarjima va ta’lim jarayonidagi o‘rni, yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning tashabbuskorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 Suhbat jarayoni talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatlariga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qildi.

 Ushbu amaliy mashg‘ulot talabalarning tarjima mahoratini yuksaltirish, xorijiy adabiyotlarni chuqurroq o‘rganish hamda ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр